Nazariy ma’lumot. Hammasidan oldin qaror qabul qilish uchun vazifani ET ishlab chiqadigan qilib koʻyamiz. Mos keluvchi vazifa uchun qaror qabul qilishda fikrlashning teskari zanjridan foydalanish mumkin, yoki vazifa boshqacha boʻlishi mumkin, ya’ni boshqa vaziyatdan kelib chiqqan holda: ishga kirishni xohlagan odam katta firma direktori oldiga keldi. Direktor firmadagi umumiy ahvol va mutaxassislarga firmaning talabi haqida, uning tanlovi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi. Ishga kelayotgan odamning firmada qanday ish bilan shugʻullanishini hal etish direktor uchun muhim hisoblanadi.
Shu boisdan vazifada boʻlishi mumkin boʻlgan bir qancha variantlardan birini tanlash kerak, uning yechimi uchun fikrlashning teskari zanjridan foydalanish mumkin. Haqiqatda javob oldindan mavjud. Ish soʻrab kelgan odam direktor oldida oʻtirib bor kuchi bilan unda yaxshi tassurot qoldirishga harakat qiladi. Agar bu odam direktorga ma’qul kelsa, unga mos keluvchi lavozimni tanlashi kerak. Direktor oʻsha odamga, toʻgʻri tanlovni amalga oshirish imkonini beruvchi javob oladigan savollar berishi zarur.
Demak vazifa qoʻyildi. Endi uni koʻrgazmali tarzda namoyish etish lozim. Oʻxshash vazifalarni tasvirlash uchun odatda yechimlar daraxti deb nomlanuvchi daraxtlardan foydalaniladi. Yechimlar daraxti zaruriy aniqlik beradi va fikrlash yoʻnalishini kuzatishga imkon beradi.
Savollardan iborat aylanalar yechimlar tuguni deb nomlanadi. Toʻgʻriburchaklar butun daraxtdan iborat va mantiqiy yechimlarni anglatadi. Chiziqlar daraxtning yoʻnalishini koʻrsatadi. Koʻpchilik tugunlar ularni boshqa tugunlar bilan bogʻlovchi bir nechta shoxlarga ega.
Yechimlar daraxtini qonun-qoidaga aylantirish. Barcha mumkin boʻlgan mantiqiy yechimlar uchun qoidalarni shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Yechimlar daraxtidan xulosalar tugunini (toʻgʻriburchak)ni tanlash va uni mahkamlash.
2. Yechimlar tuguni(aylana)ni topish va uni mahkamlash.
3. Barcha yechimlar tuguni tugamaguncha yoki yangi xulosalar tuguniga uchramaguncha 2-bosqichni takrorlash. Agar xulosalar tuguni uchrab qolsa, uni mahkamlash va 2-bosqichni amalga oshirishni toʻxtatish kerak. Agar hamma tugunlar tugatilsa, u holda ishni bajarish toʻxtatiladi.
4. Har bir yoʻllardan iborat yechimlar tuguni - bu IF qoidasining oʻzgaruvchan qismlaridan biri hisoblanadi. Ma’nosi shuki, shoxlar bilan bogʻlangan boʻlsa u oʻzida shartlarni taqdim etadi.
5. Tanlangan mantiqiy xulosani qoidaning THEN qismiga olib kelish. Oldindan ma’lum prinsiplardan foydalangan holda, BBni ishlab chiqish bilan ishlashni boshlaymiz. Qoida hamma 6 yoʻlga tegishli boʻladi.