Xulosa. Men bugungi amaliyot darsida baliq skeleti orqali risklarni baholashni o’rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar: https://www.atlantida.uz/publ/boshqalar/ta_39_lim_tizimi/baliq_skeleti/39-1-0-
Axborot xavfsizligi riskini “nosozliklar daraxti” usuli yordamida tahlil.
Ishdan maqsad: Axborot xavfsizligi risklarini “nosozliklar daraxti” usuli yordamida tahlil qilish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lish.
Nazariy qism Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik xayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o’zgarishlarni olib kirmoqda. Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko’p xollarda uning o’zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy xolda axborotni unga ruxsat etilmagan xolda kirishdan, kasddan uzgartirishdan, uni ugirlashdan, yukotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan ximoya qilishga kuchli zarurat tugiladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va kayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maksadida turli vosita va usullarni qo’llash, choralarni kurish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.
Zaifliklar tashkilot aktivlari bilan assotsiyatsiyalangan himoyaning kuchsizliklarini ifodalaydi. Ushbu kuchsizliklar nomaqbul mojarolarga sabab bo'luvchi bitta yoki bir necha tahdidlar tomonidan foydalanishi mumkin. Zaiflikning o 'zi zarar yetkazmaydi, ammo aktivlarga zarar yctkazishga imkon bcruvchi sharoit yoki sharoitlar to'plami hisoblanadi. Boshqacha aytganda, zaifliklar tahdidlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga imkon beruvchi har qanday omillar. Shu sababli zaifliklami baholash uchun mavjud xavfsizlik mexanizmlarini identiflkatsiyalosh va ulaming samaradorligini baholash zarur.
“Nosozliklar daraxti” metodi ro’y berishi mumkin bo’lgan risklarning formasini nisbatan ishonchliroq baholash va analiz qilish imkonini beruvchi metodlardan hisoblanadi. Bu metod kutilmagan holatni reallashtirishga olib keluvchi tartiblangan grafik tasavvurlarda tasodifiy hodisalarni (qoidabuzarlik, bekorlash, xatolar va boshqalar) mantiqiy aloqasini o’zida namoyon etadi.
“Nosozliklar daraxti” ning asosiy afzallik tomoni (boshqa metodlar bilan taqqoslanganda) shundaki, unda tizimning konkret to’xtab qolishi yoki avariya holatiga olib keluvchi tizim elementlari va hodisalarning faqat cheklanganlari bilan ish olib boradi. “Nosozliklar daraxti” metodi yordamida risklar analizini o’tkazish, tizimdagi nosozliklar bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar uchraydigan tizim bo’limlari ni aniqlash, hamda mos qarorlarni qabul qilish bilan tizimdagi nisbatan xatoliklar mavjud sohalarni aniqlash osond.
Analizni o’tkazish riskning anliz sifati ko’tarilishi xulosasiga olib kelishini ta’minlaydi, ammo “Nosozliklar daraxti” metodi tadqiqotchidan tizim funksiyalari va undagi nosozlik ro’y berishi mumkin bo’lgan elementlar xarakteri haqida yaxlit va chuqur ma’lumatga ega bo’lishini talab etadi. Ayni shu damda, ko’rilayotgan infrastruktura detallarining ko’payishi hodisalar sonining geometrik o’sishiga olib keladi. Aynan shuning uchun metodni ishlab chiqish ma’lum xarajat va vaqt talab etadi.
Shu ko’rinishdagi “Nosozliklar daraxti”ni qurish va tahlil qilish ishlab chiqarish avariyalari va risklarni baholashni ekspert modellashtirilgan dasturiy ta’minot orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib “РизЭкс-2” dasturiy kompleksni ko’rsatish mumkin.
“РизЭкс-2” tadqiqot kompleksida “Nosozliklar daraxti” modulining ishchi oynasi.
Nosozliklar daraxtini tahlil qilish belgilari.
Bularning barchasi nima uchun kerak? Nosozliklar daraxtining tahlili bir vaqtning o'zida bir nechta voqealar sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tekshirilayotgan yakuniy voqea va vaziyatlarning vujudga kelish yo'llarini vizual ravishda taqdim etadi. Shuningdek yakuniy voqea ehtimolini baholash imkonini beradi.
Xulosa:
Risklarni oldindan taxlil qilish orqali ko’plab oldindagi muommolarni bartaraf qilish mumkin. Shuning uchun ham riskni boholab oldin dan bo’ladigan muommolarni hal qilish uchun yangi yullarni ko’rish kerak.