Word dasturini ishga tushiring. Yangi fayl hosil qiling va quyidagi matnni kiriting:
“Microsoft Word dasturida murakkab formulalarni kiritish uchun Microsoft Equation komponentidan foydalaniladi. Equation Editor muharririga nisbatan kuchliroq va to’liqroq formula muharriri bu – MathType formula muharriridir. U Design Science firmasi tomonidan yaratilgan. Hujjatga tez-tez formula kiritishi kerak bo’lgan foydalanuvchilar MathType bilan ishlashni avfzal ko’rishadi. Bu muharrir ham Equation Editor kabi foydalanishga qulay, shu bilan birga bir qator qo’shimcha imkoniyatlar ega:
Web hujjatlar uchun formulalar yaratish.
Ko’p ishlatiladigan formulalar, belgilar va shablonlarni saqlab qolish. Ularni keyinchalik hujjatda ishlatish uchun siqchqonchaning tugmasini bir marta bosish kifoya.
Hujjatga formula qo’shing. Buning uchun matnning oxiriga kursorni o’rnating va Вставка menyusidan Объект buyrug’ini tanlang. Obyekt qo’yish oynasida Создание vkladkasidagi ro’yxatdan Microsoft Equation qatorini tanlang va OK tugmasini bosing. Ekranda formula uskunalar paneli hosil bo’ladi. Panelning yuqori qatoridan 150 dan ortiq matematik belgilarni tanlash mumkin. Uning quyi satrida maxsus belgilarni tanlash imkonini beruvchi shablon va jamlanmalar joylashgan. Uskunalar panelidan kerakli belgilarni tanlab quyidagi formulani kiriting:
Fromula yaratishni tugallab, Word oynasiga sichqoncha tugmasini bosib Word muharririga o’ting
Formulaga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib kirib undagi cos(x) funksiyasini sin(x) funksiyasiga o'tkazing.