7-laboratoriya ishi oltingugurt



Yüklə 21,07 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü21,07 Kb.
#152124
7-Laboratoriya


7-LABORATORIYA ISHI
OLTINGUGURT
Oltingugurtning xossalari
Rombik oltingugurt. Quruq probirkaga 4-5 ml xloroform quying (mo`rili shkaf ostida) va kichik porsiyalar bilan, probirkani chayqatib, tњyingan eritma hosil bњlguncha oltingugurt kukunidan soling. Olingan eritmani chinni kosachaga filtrlang (filtrni suv bilan hњllamang, nima uchun?) va kosachani shisha plastinka bilan yopib, sekin-asta bug’latish uchun mњrili shkafga qњying. Eritmadan soat oynasiga bir tomchi olib, yopgich shisha bilan yoping va mikroskop ostida kristallarning њsishini kuzating. Oltingugurt kristallarini chizing.
Monoklinik oltingugurt Kichkina chinni tigelni oltingugurt bilan tњldirib sekinlik bilan suyuqlantiring. Suyuqlanma tigelning yarmidan kњp bњlmasin. Tigelni soviting va kristallik qobiq hosil bњlishini kuzating. Kristallarni hammasi qotib ulgurmasdan, tezlik bilan suyuqlanmani stakandagi sovuq suvga quying. Lupa orqali tigel devorlarida monoklinik oltingugurt kristallarining hosil bњlishini kuzating va rasmini chizing. Olingan kristallardan 2-3 tasini soat oynasida xloroformda eriting va eritma bug’lanib ketgandan keyin yana hosil bњlgan kristallarni kuzating. Oltingugurtning olingan modifikasiyasi molekula tuzilishining qaysi turiga to’g’ri keladi?
Qizdirilganda oltingugurtning њzgarishi Probirkani yarmigacha oltingugurt bњlaklari bilan tњldiring, probirkani qisqich yordamida qњlingizda ushlab, gorelka alangasida sekin qizdiring. Oltingugurtning suyuqlanishi va keyinchalik rangining hamda qovushqoqligining њzgarishini kuzating. Yuz bergan hodisani tushuntiring.
Plastik oltingugurt olish. Oltingugurtni qaynaguncha qizdiring va kristallizatordagi sovuq suvga jildiratib quying. Hosil bњlgan massani sovuq suvdan olib filtr qog’ozlari orasida quriting. Oltingugurtning elastikligini va uning xloroformda eruvchanligini sinab kњring. Olingan massaning bir qismini keyingi darsgacha qoldiring va yana uning fizik xossalarini њrganing. Plastik oltingugurt qanday molekulalardan tuzilgan?


Metallarning sulfidlari
a) Kam eriydigan metall sulfidlarini vodorod sulfid bilan chњktirib olish. 4 ta probirka olib ularga alohida-alohida kalsiy, kadmiy, II valentli marganes va qњrg’oshin tuzlari eritmalaridan 3-5 tomchi tomizing. Hamma probirkalarga 2-3 tomchidan vodorod sulfidli suv quying. Hamma probirkalarda chњkma tushadimi? Chњkmalarning rangini kњrsating. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
b) Temir sulfidning olinishi. Ekvivalent miqdorda olingan 5 gramm temir va oltingugurt kukunlarining aralashmasini tayyorlang. Aralashmani probirkaga solib, shtativ qisqichiga њrnating. Probirka tubini reaksiya boshlanguncha qattiq qizdiring. Reaksiya boshlanishi bilan qizdirishni tњxtating. Nima kuzatiladi? Olingan birikma sulfid ekanligini qanday isbot qilish mumkin? Temir sulfidga xlorid kislotaning ta’sirini sinab ko’ring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
v) Alyuminiy sulfidi. 1 g alyuminiy kukunidan va hisoblangan oltingugurt kukunidan tortib oling, yaxshilab aralashtiring va aralashmani temir plastinka ustiga uyumcha qilib tњking. Aralashma ustidan chњg’ holigacha qizdirilgan temir simini tiqing. Alyuminiy sulfidida vodorod sulfid hidining mavjudligi nima bilan tushuntiriladi? Alyuminiy sulfidning bir bњlagini probirkadagi qaynoq suvga soling. Sodir bњlgan hodisani tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Suvda eruvchan sulfidlarning xossalari
Natriy sulfidni suvda eriting. Eritmani ikkita probirkaga bњling. Natriy sulfid eritmasini indikatorlarga (fenolftalein, lakmus) ta’sirini њrganing. Sodir bњlgan hodisalarni qanday tushuntirasiz? Ikkinchi probirkadagi eritma orqali karbonat angidrid oqimini њtkazing. Bunda ajralib chiqayotgan gazni hidini belgilang. Reaksiya tenglamasini yozing. Agar natriy sulfidli bankaning og’zi ochiq qoldirilsa, natriy sulfid bilan nima bњladi? Natriy gidroksid eritmasidan vodorod sulfid њtkazilganda bњladigan jarayonni tushuntiring.
Yüklə 21,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin