Amaliy ish Texnologik jarayonning tuzilishini o`rganish I. Ishning maqsadi



Yüklə 217,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü217,18 Kb.
#38957
1   2   3   4
1-amaliy

 

3. Ishi bajarish tartibi 

 

Bu ishni bajarish uchun har bir talaba alohida vazifa oladi - bitta detal uchun 2-



3 xil variantda ishlov berish orqali texnologik jarayonlar tuzadi. 

(Vazifa  qilib  yakka,  seriyali  va  ommaviy  ishlab  chiqarish  texnologik 

jarayonlarining variantlari berilishi mumkin). 

Berilgan detal o’rtacha murakkablikdagi «aylanuvchi tana» bo’lishi maqsadga 

muvofiqdir.  



Topshiriqni  olgandan  keyin,  talaba  detal  chizmasi  va  texnik  talablarni 

o`rganishi  kerak,  detal  eskizini  chizib  yoki  chizmasini  kalka  qog`ozga  ko’chirib 

ishlanuvchi sirtlarni I-rasmda ko’rsatilganidek sonli raqamlar bilan belgilab chiqishi 

kerak.  Diametri  6

8  mm  doira  ichiga  joylashtirilgan  ishlanuvchi  sirtlar  raqamli 



belgilarini  eskizda,  albatta  ketma-ket  tartibda  soat  strelkasi  yo’nalishi  bo`yicha 

joylashtirishi  maqsadga  muvofiq  bo’lib,  chiqarilgan  belgi  chiziqlarining 

kesishishiga yo`l qo`ymaslik kerak. 

Detalning tugallangan eskiziga o`qituvchi imzo qo`yadi. 

Bundan  so’ng  talaba  yakka  ishlab  chiqarish  sharoiti  uchun  texnologik 

marshrutning  xomxki  variantini  tuzadi.  Taklif  etilgan  variant  o`qituvchi  bilan 

birgalikda muhokama qilinadi va kerak bo’lsa, tuzatishlar kiritiladi. 

Xuddi  shunga  o’xshash  katta  miqdorda  ishlab  chiqarish  sharoiti  uchun  ham 

texnologik yo’nalishning varianti ishlab chiqiladi. 

Taklif  etilgan  variantlarni  o’qituvchi  bilan  tasdiqlab  olgandan  so’ng  talaba 

hisobot tarzidagi qaydnomalarni to`latadi. 

Texnologik  xaritalarni  to’ldirishda  quyidagi  umumiy  qoidalarga  rioya  qilish 

kerak: 

1.  Operatsiyalar rim raqamlarida, o`rnatuv, pozitsiyalar va o`tuvlar arab 

raqamlari bilan belgilanadi. 

2.  Har bir operatsiya sifat nomi bilan aniqlanadi (ot nomi bilan emas) masalan: 

frezalash, charxlash (lekin, frezerovka qilish shlifovka qilish, frezerovkalash, 

shlifovkalash tarzida emas). 

3.  O`tuvning mazmunini tavsiflash buyruq maylida ifodalanishi kerak. Masalan: 

teshik yo’nib kengaytirilsin, ko’ndalang sirt kesilsin (ammo teshik yo`nib 

kengaytiriladi. Кo`ndalang sirt kesiladi tarzida emas). 

4.  O`tuvni tavsiflash, ishlanuvchi sirtlarning raqamli belgilari va mazkur 

o`tuvdagi ushlanuvchi hamma o`lchamlarni o`z ichiga olishi kerak. 

Masalan: I sirtni yo’ning, 

=60 mm uzunlikda Ø 30-0,1 mm diametrni ushlang. 



O`tuvlarning tavsiflash misollarini Долматовский Г.A.ma’lumotnomasining 476-

492 betlarida ko’rish mumkin. 

 


Yüklə 217,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin