Amaliy ishi №1 Mavzu: Axborotni kodlash. Axborot o‘lshov birliklari. Ishning maqsadi



Yüklə 263,41 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2023
ölçüsü263,41 Kb.
#157578
1-amaliy mashg\'ulot



Amaliy ishi №1 
 
Mavzu: Axborotni kodlash. Axborot o‘lshov birliklari. 
 
Ishning maqsadi:
a) Talabalarga axborot tushunchasi, ularning turlari axborotni to’plash, 
saqlash, qayta ishlash va uzatish tushunchalarini etkazish;
b) Talabalarga axborotlarni mashina xotirasida tasvirlanishini o’rgatish.
c) Axborot o’lchov birliklari haqida ma’lumot berish. 
 
Nazariy ma’lumotlar: 
 
Axborotlarning o‘lchov birliklari ichida eng kichigi bit. Bir bit axborot-bu bitta 
ikkilik raqam: 0 yoki 1. Bir bit birlik juda kichik axborot bo‘lagi bo‘lgani uchun, 
amalda ko‘proq bayt birligi ishlatiladi. Bir bayt 8 bitdan iborat. 1 baytda 256 tagacha 
simvollarni va xarflarni kodlash mumkin. Masalan, ulardan 52 tasi ingliz tili alfaviti 
uchun, 66 tasi rus alfaviti uchun, 10 tasi raqamlar uchun va qolgan 128 tasi boshqa 
simvollar uchun mo‘ljallangan. 
Bir bayt nafaqat axborot birligi, balki EHMlar xotirasining elementar 
yacheykasi hamdir. EHM xotirasi shunday yacheykalarning ketma ketligidan tashkil 
topgan. Xotira hajmini o‘lchashda baytdan kattaroq birliklardan kilobayt (Kbayt), 
Megobayt (Mbayt), Gigobayt (Gbt) Terabayt (Tbt) lardan ko‘p foydalaniladi. 
1 bayt = 8 bit 
1 Kbt = 1024 bayt = 2
10
bt 
1 Mbt = 1024 Kbt =1048576 bayt = 2
20
bt 
1 Gbt = 1024 Mbt = 1073741824 bayt = 2
30
bt 
1 Tbt = 1024 Gbt = 1 099 511 627 776 bayt = 2
40
bt 
EHM bu elektron-raqamli qurilma. Elektron qurilma deyilishiga sabab, u har 
qanday axborotni elektron signallar yordamida qayta ishlaydi. Raqamli qurilma 
deyilishiga sabab, har qanday axborot sonlar ko‘rinishida beriladi. 
Masalaning qo’yilishi: 
1.
Kompyuter klaviaturasidagi raqamlar, xarflar va boshqa barcha 
belgilarning joylashuv tartibini aniqlang. Tinish, matematik va maxsus belgilar 
soni nechta? 
2.
«Alt» tugmasini bosib 32-255 gacha bo’lgan biror ixtiyoriy 20 ta sonlari 
kiriting va hosil bo’lgan belgilarni daftaringizga yozing. (WordPad dasturi 
yordamida) 
3.
Har bir talaba o’z ismi sharifingizni yozing va ularni jadval asosida o’nlik 
sanoq sistemasidagi kodlariga o’giring. 
4.
O’z tarjimaiy holgizni yozing va uning hajmini quyidagi axborot o’lchov 
birliklarida hisoblang: 
A) Bayt b) Bit s) Kbayt 
d) Mbayt 


5.
Masala
. 720 kbayt xajmga ega bo’lgan egiluvchan magnitli diskga A4 
formatli qogozlarga deyarli to’ldirib yozilgan matnning taxminan nechta saxifasini 
sig’dirish mumkin? 
 
Tekshirish uchun savollar: 
 
1.
Axborot nima? 
2.
Axborot qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak? 
3.
Axborot qanday turlarga bo’linadi? 
4.
Axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish deganda nimani 
tushunasiz? 
5.
Axborotni saqlovchi qanday vositalarni bilasiz? 
6.
Axborotni o’lchov birliklarini bilasizmi? 

Yüklə 263,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin