Amaliy ishi №1
Mavzu: Axborotni kodlash. Axborot o‘lshov birliklari.
Ishning maqsadi:
a) Talabalarga axborot tushunchasi, ularning turlari axborotni to’plash,
saqlash, qayta ishlash va uzatish tushunchalarini etkazish;
b) Talabalarga axborotlarni mashina xotirasida tasvirlanishini o’rgatish.
c) Axborot o’lchov birliklari haqida ma’lumot berish.
Nazariy ma’lumotlar:
Axborotlarning o‘lchov birliklari ichida eng kichigi bit. Bir bit axborot-bu bitta
ikkilik raqam: 0 yoki 1. Bir bit birlik juda kichik axborot bo‘lagi bo‘lgani uchun,
amalda ko‘proq bayt birligi ishlatiladi. Bir bayt 8 bitdan iborat. 1 baytda 256 tagacha
simvollarni va xarflarni kodlash mumkin. Masalan, ulardan 52 tasi ingliz tili alfaviti
uchun, 66 tasi rus alfaviti uchun, 10 tasi raqamlar uchun va qolgan 128 tasi boshqa
simvollar uchun mo‘ljallangan.
Bir
bayt nafaqat axborot birligi, balki EHMlar
xotirasining elementar
yacheykasi hamdir. EHM xotirasi shunday yacheykalarning ketma ketligidan tashkil
topgan. Xotira hajmini o‘lchashda baytdan kattaroq birliklardan kilobayt (Kbayt),
Megobayt (Mbayt), Gigobayt (Gbt) Terabayt (Tbt) lardan ko‘p foydalaniladi.
1 bayt = 8 bit
1 Kbt = 1024 bayt = 2
10
bt
1 Mbt = 1024 Kbt =1048576 bayt = 2
20
bt
1 Gbt = 1024 Mbt = 1073741824 bayt = 2
30
bt
1 Tbt = 1024 Gbt = 1 099 511 627 776 bayt = 2
40
bt
EHM bu elektron-raqamli qurilma. Elektron qurilma deyilishiga sabab, u har
qanday axborotni elektron signallar yordamida qayta ishlaydi.
Raqamli qurilma
deyilishiga sabab, har qanday axborot sonlar ko‘rinishida beriladi.
Masalaning qo’yilishi:
1.
Kompyuter klaviaturasidagi raqamlar, xarflar va boshqa barcha
belgilarning joylashuv tartibini aniqlang. Tinish, matematik va maxsus belgilar
soni nechta?
2.
«Alt» tugmasini bosib 32-255 gacha bo’lgan biror ixtiyoriy 20 ta sonlari
kiriting va hosil bo’lgan belgilarni daftaringizga yozing. (WordPad dasturi
yordamida)
3.
Har bir talaba o’z ismi sharifingizni yozing va ularni jadval asosida o’nlik
sanoq sistemasidagi kodlariga o’giring.
4.
O’z tarjimaiy holgizni yozing va uning hajmini quyidagi axborot o’lchov
birliklarida hisoblang:
A) Bayt b) Bit s) Kbayt
d) Mbayt