Power Point dasturini ishga tushirish
Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali ishga tushiriladi.
Пуск®Программы®Microsoft Power Point
Power Point ishga tushgandan so‘ng ish ko‘rgazma yaratish muloqot darchasi va mavjud prezentatsiyalar bilan boshlanadi. Power Point ishga tushirilganda ekranda ko‘rsatilgan muloqot darchasini ko‘rish mumkin.
Bu muloqot darchasi orqali ko‘rgazmalar yaratish turini tanlab olish mumkin bo‘ladi. 1-rasmda quydagi 4 ta asosiy bo‘lim berilgan, ularning har biri haqida to‘xtalib o‘taylik:
Мастер автосодержания (Avtomundaraja ustasi) - foydalanuvchi turli ko‘rgazmani ya’ni ismi, familiyasi, mavzu nomi, ko‘rgazma uslubi, rangli chizmasini tanlab bir necha slaydlardan iborat bo‘lgan tayyor ko‘rgazmani olishi mumkin.
Шаблон презентация (Taqdim etish qoliplari) - ko‘rgazmani jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi.
Пустую презентация (Bo‘sh prezentatsiya) - foydalanuvchi mustaqil ravishda prezentatsiya va undagi slaydlarni o‘zi xohlagandek tuzib olish imkonini beradi.
Открыть презентацию (Prezentatsiyalarni ochish) - kompyuter xotirasidan yoki diskdan tayyor ko‘rgazmali fayllarni ochish mumkin.
Har bir foydalanuvchi bu dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo‘limlardan birini maqsadiga ko‘ra tanlashi mumkin. Dastur ishini bo‘sh ko‘rgazmadan ham boshlash mumkin. Bunda ham rang sxemasini harf ko‘rinishlari, turlari va boshqa parametrlari saqlanib qoladi. («Пустую презентация») bo‘limiga olib kelinadi va «OK» tugmasi bosiladi. Bunda quyidagi muloqot darchasi hosil bo‘ladi:
2-rasm. Slaydlar shaklini tanlovchi muloqat oynasi.
Bu yerdagi har bir slaydlarning ko‘rinishini mos ravishda tanlab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun yo‘nalish tugmalari yoki sichqondan foydalanish mumkin.
Muloqot darchasidan kerakli holat, masalan: «Bo‘sh slayd» (Пустой слайд) ko‘rinishi tanlanadi va «OK» tugmachasi bosiladi.
Bu amallar bajarilgandan so‘ng Power Point dasturining umumiy ko‘rinishi hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |