Amaliy ishi №6 6- mavzu: Taqdimotlar muxarrirlari va ularda ishlash. Power Point dasturida slaydlarni boshqarish Ishning maqsadi



Yüklə 338,96 Kb.
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü338,96 Kb.
#50927
1   2   3   4   5   6   7
Amaliy ish 6

Diagrammalar qo`yish.

-Diagrammani qo`yish uchun zarur bo`lganslaydlar umumiy ko`rinishdagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari tanlanadi.

tugmachani bosing va kerakli ko`rinishdagi diagrammalarni tanlang. Parametrlarni o`rnating hamda qiymatlarni kerakligicha o`zgartiring.

Diagramma kattaligini o`zgartiring va kerakli joyga o`rnating.



  1. Microsoft Power Point dasturidan chiqish.

- Microsoft Power Point dasturidan chiqishni bir necha usuli mavjud:

-Menyuning «файл» bo’limidagi «выход» ni tanlash;

-Alt+F4 ni bosish;

Ishning maqsadi. Talabalarga MS PowerPoint dasturi bilan ishlashni o‘rgatish.

Masalaning qo‘yilishi. MS PowerPointda taqdimotlar tayyorlashni o‘rganish.

Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining Windows operatsion sistemasi dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, dastur prezentatsiyalar uchun qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ayrim hollarrda ma`lumotlar bazasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari bajariladi.

Davlat ta`lim standartlari asosida, yangi pedagogik texnologiya elementlaridan dars jarayonida foydalanish, masofali o‘qitishning namunasi sifatida Power Point dasturi yordamida turli dars mavzulariga oid ko‘rgazmali dars ishlanmasini tayyorlab namoyish etish mumkin. Windows OT ning multimedia imkoniyatidan foydalanib, Power Point dasturidan o‘quv jarayonida unumli foydalanilsa yuqori samaralar beradi.

Dasturning asosiy tushunchalaridan biri slayd va prezentatsiya tushunchalari hisoblanadi.

Slayd-ma`lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Prezentatsiya - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.

Masalan: Prezentatsiya1 - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, unda yaratilgan va yaratilayotgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni xoxlagan tarzda almashtirish imkoniyati mavjud.


Yüklə 338,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin