Amaliy mahg’ulot-2 Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi. Masalaning qo’yilishi



Yüklə 39,58 Kb.
səhifə1/3
tarix20.09.2023
ölçüsü39,58 Kb.
#146108
  1   2   3
Амалий машгулот-2


Amaliy mahg’ulot-2
Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.
Masalaning qo’yilishi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya fanidan talabalaraga “Tushunchalar tahlili“ organayzeri, “Birgalikda o’qiymiz” texnikasi interfaol usullarini dars jarayoniga qo’llash lozim. Mashg’ulot kichik guruhlarda ishlash uchun guuhlarda bo’lib olib boriladi.
Mashg’ulot rejasi:
1. Shaxs tushunchasining mazmuni va mohiyati.
2. Shaxs rivojianishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to’g'risida g'oyalar.
3. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta`sir kuchi.

Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.


Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. «individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.
Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo’ib. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.
Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.
Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? — degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omil-larni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.
Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik.
Rivojlanish - shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning tako’illashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, inson hayoti davomida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z o‘rni bor. shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anato’ik tuzilishi, faoliyat va xatti- harakatlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jarayonidir.
Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo’gan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning nasi (bola)ga o‘tish jarayoni.
Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqea- hodisalar majmuyi. «muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro’uhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror topgan:
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.

Yüklə 39,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin