Amaliy masalalarni yechishda algoritmlarni loyihalashtirish va ularni tahlil qilish



Yüklə 26 Kb.
səhifə1/2
tarix07.10.2023
ölçüsü26 Kb.
#152869
  1   2
Word matnini tayyorlashga na\'muna



Amaliy masalalarni yechishda algoritmlarni loyihalashtirish
va ularni tahlil qilish
Reja:

  1. Amaliy masalalarni yechish;

  2. Algoritmlarni loyihalashtirish;

  3. Tahlil qilish.

Tayanch iboralar: Algoritm, algoritmning xossalari, algoritmlarni ifodalash, psevdokod, blok-sxema, model.
2. Algoritmlarni loyihalashga kirish
Inson hayoti davomida katta-kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hayotimizdan xilma-xil misollar keltirish mumkin.
Misol: Choy damlash algoritmi.
1. choynak qaynagan suv bilan chayilsin;
2. bir choy qoshiq miqdoridagi quruq choy choynakka solinsin;
3. choynakka qaynagan suv quyilsin;
4. choynakning qopqog‘i yopilsin;
5. choynak ustiga sochiq yopib uch daqiqa tindirilsin.
Har kuni bir necha martadan bajaradigan bu ishimiz ham algoritmga misol bo‘la oladi.
Yuqoridagi misollarda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Bunday amallar ketma-ketligi yoki hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo‘yicha algoritm bu qo‘yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning chekli ketma-ketligidir.
Algoritm deganda, biror maqsadga erishishga qaratilgan ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan ko‘rsatma (buyruq)larning aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi.



Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin