Ishdan maqsad: Kompas 3D tizimidagi menyular va instrumentlar paneli bilan tanishish. Kerakli asbob va uskunalar: Kompyuter, videoproyektor, KOMPAS 3D dasturi.
Qisqacha nazariy ma`lumotlar KOMPAS 3D bu standart Windows dasturidir. Shuning uchun tizimni ishga tushirgandan va hujjat yuklangandan so‘ng ko‘riladigan ishchi ekran tashqi ko‘rinishda boshqa ilovalar oynalaridan deyarli farq qilmaydi (1-rasm).
1-rasm. KOMPAS 3D interfeys oynasining elementlari.
Sarlavha- bunda dastur nomi sarlavhasi, tizim versiya raqami, joriy hujjat nomi, tizim menyusi tugmasi va tizim oynasini boshqarish tugmalaridan iborat.
Asosiy menyu-tizim buyruqlarini chiqarish uchun ishlatiladi. Menyu sahifalarining sarlavhalarini o‘z ichiga oladi.Asosiy menyuning tarkibi joriy hujjat turiga va tizimning ishlash rejimiga bog‘liq.
Boshqaruv panellari-Ularda tizim buyruqlarini chiqarish uchun tugmalar mavjud.
Kompakt paneli-u bir nechta asboblar paneli va ular o‘rtasida almashinish tugmalarini o‘z ichiga oladi. Bu panel haol hujjat turiga ham bog‘liq.
O‘zgaruvchilar oynasi-O‘zgaruvchilar va ifodalar bilan ishlash uchun ishlatiladi.
Kutubxona menejeri- KOMPAS kutubxonalari bilan ishlash uchun xizmat qiladi
Xususiyatlar paneli- Ob’yektni yaratish yoki tahrirlashda uni sozlash uchun xizmat qiladi.
Xabarlar paneli- joriy buyruq yoki kursor tomonidan ko‘rsatilgan ischi oynaning elementi bilan bog‘liq tizim xabarlarini o‘z ichiga oladi.
Hujjatlar daraxti-modelni (chizmani) yartish tartibini, uning elementlarini va tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosobatni aks ettiradi.Bu hujjat oynasi ichiga joylashtirilishi mumkin.
To‘liq yoki qisqa fayl nomini ko‘rsatish variantini tanlash uchun Xizmatlar˃˃Variantlar˃˃Tizim˃˃Umumiy˃˃Fayl nomini ko‘rsatish ( ) buyruqlari tanlanadi.
Tizimning sarlavha satri va asosiy menyusi doimiy ravishda ekranda ko‘rsatiladi. Boshqa interfeys elementlari ko‘rsatish foydalanuvchi tomonidan boshqariladi. Ushbu elementlarni yoqish va o‘chirish buyruqlari asboblar panelining Ko‘rish menyusida joylashgan.