Amaliy mashg‘ulot №-2 kompas-3D tizimida hujjatlarni tahlil qilish Ishdan maqsad



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/2
tarix27.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#149737
1   2
Amaliy mashg\'ulot-2

Spesifikatsiya (Спецификация) bu jadval shaklida taqdim etilgan yig‘ma tarkibidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat turidir. Spefikatsiya ramka va asosiy yozuv bilan yozilgan bo‘lib ko‘p sahifali bo‘lishi mumkin. Spesifiktsiya faylida spw kengaytmasiga ega (2.5-rasm).



2.5-rasm. KOMPAS 3D da spesifikatsiya yaratish oynasi buyrug‘i.


Matnli hujjat (Тестовый документ) - Asosan matnli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat bo‘lib, matnli hujjat ramka va asosiy yozuv bilan belgilangan. Odatda ko‘p sahifali bo‘ladi. Matnli hujjatda tushuntirish yozuvlari, eslatmlar, texnik shartlar va boshqalar yaratilishi mumkin. Matn hujjat fayli kdw kengaytmasiga ega (2.6-rasm).



2.6-rasm. KOMPAS 3D da matnli hujjat yaratish oynasi buyrug‘i.

KOMPAS 3D da ishlaganda standart o‘ng qo‘l Dekart koordinata tizimlari qo‘llaniladi. Har bir grafik hujjat va hujjat modeli Mutlaq koordinata tizimini o‘z ichiga oladi va uni hujjatdan olib tashlash mumkin emas. 3D modelda koordinatalar tizimini koordinata tekisligini belgilaydi.Koordinatalar tizimi shartli ravishda ekranni 3 ta ortogonal segmentga bo‘ladi. Tekisliklar esa bu tekislikda yotgan to‘rtburchak shaklida ko‘rsatiladi. Agar kerak bo‘lsa mahaliy koordinatalar tizimini yaratish mumkin. Grafik hujjatda koordinatalar tizimi ekranga parallel tekislikda yotadi va 2 ta ortogonal strelka sifatida ko‘rsatiladi.


KOMPAS 3D standart uzunlik o‘lchov birligi sifatida millimertni tanlaydi. Grafik hujjatlar uchun boshqa birliklarni tanlash imkoniyati ham mavjud (santimert yoki metr). Burchakni o‘lchashda standart sifatida gradus tanlanadi. Boshqa birligi sifatida gradus, daqiqa, sekund va radianlarni tanlash ham mumkin.

KOMPAS 3D da hujjat yaratish


Yangi hujjat yaratish uchun “Yaratish_”_(“Файл»Создать'>Fayl»Yaratish” (“Файл»Создать”) buyrug‘i tanlanadi va ekranda hujjat yaratish dialog oynasi paydo bo‘ladi (2.7-rasm).

2.7-rasm. Hujjat yaratish dialog oynasi.

Shablonlar yorlig‘ida yangi hujjat uchun kerakli shablonni tanlash mumkin. Agar shablondan foydalanish kerak bo‘lmasa shunchaki “Yangi” yorlig‘idagi hujjat turini tanlash kifoya. Bundan tashqari yangi hujjatni yaratishning yana bir usuli “Yaratish” (“Создать”) tugmasi menyusidan tanlash mumkin (2.8 va 2.9-rasmlar).





2.8-rasm. Yaratish dialog oynasi 2.9-rasm. Yangi hujjat yaratish oynasi

KOMPAS 3D da hujjatni saqlash


Hujjatni diskdagi faylga saqlash uchun “Fayl»Saqlash” (“Файл »Сохранить”) buyrug‘i chaqiriladi. Hujjat avtomatik ravishda oxirgi marta saqlangan faylda saqlanadi. Hujjat avval saqlanganida yaratilgan fayl o‘rniga hujjat saqlanganidek yangi fayl hosil qilinadi. Agar kerak bo‘lsa boshqa nom ostida boshqa papkada saqlanishi mumkin. Aynan shu yerdan boshqa fayl kengaytmasida ham saqlash mumkin (2.10-rasm).

2.10-rasm. Dastur tomonidan taklif etiladigan fayl kengaytmalari.
KOMPAS 3D da hujjatni ochib olish
Mavjud hujjatni ochish uchun “Fayl»Ochish” (“Файл» Открыть”) buyrug‘i tanlanadi.Ekranda paydo bo‘lgan muloqot oynasida hujjat turini va fayl nomi belgilab ochish “открыть” tugmasini bosib kifoya. Bundan tashqari hujjatni Windows Explorer yordamida ham ochish mumkin. Buning uchun tanlangan fayl ustiga sichqonchani o‘ng tugmasi bir marta bosiladi. Hosil bo‘lgan dialog oynasidan yordamida ochish (открыть с помощью) buyrug‘i tanlanadi.
Hujjat ma’lumotlari
Joriy hujjat haqidagi ma’lumotlar u bilan birga saqlanadigan ushbu hujjat haqida turli xil ma’lumotlardan iborat bo‘lib, unda muallif qo’ygan nom, hujjat yaratilgan sana va vaqt, atributlar va boshqalar o‘rin olgan. Ushbu ma’lumotlarni hujjat haqida ma’lumotlar dialog oynasi ko‘rish mumkin va tahrirlash imkoni bor.


Amaliy mashg‘ulot bo`yicha topshiriqlar



  1. KOMPAS 3D dasturini ishga tushiring va yangi oyna yarating.

  2. Ochilgan yangi oyna nomini guruh raqami va nomiga o‘zgartiring.

  3. Ochilgan yangi hujjatni yo‘nalishingiz nomi bilan yangi papkada saqlang.

  4. Ochilgan yangi oynani jpg yoki png fayl kengaytmasida saqlang.

  5. Saqlangan hujjatingizni qaytib ochib oling.

  6. Uni pdf kengaytma bilan qayta saqlang.

  7. Yuqoridagi barcha topshiriqlarni bajaring va tekshirtiring

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin