3-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Texnologik ta’limida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
AutoPlay va CourseLab dasturlarida ishlash
Reja:
1. Elektron va multimediyali hujjatlar yaratish texnologiyasi.
2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot
3. AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash
Tayanch so’zlar va iboralar: AutoPlay Media Studio, Label, Paragraph
va Button, interfaol taqdimotlar, multimedia-ilovalar, Slayd-shou, Ob’ektlarni
formatlash, Create a new project, Open an existing project, Restore last open
project, dastur oynasi, Project Size.
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ko’plab
dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri
AutoPlay Media Studio
dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish,
qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun
AutoRun-menyusi hosil qilishda
AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun
AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar
uchun juda oson
va qulay interfeysni taqdim etadi. AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli
dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy
muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan
foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil
etish uchun AutoPlay Media Studio dasturiy vositasi tarkibida tayyor ob’ektlar
mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi,
tovush kuchaytirgichi, fayllarni
printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytlarni ochuvchi va ularga
murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funkstional ob’ektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun
AutoPlay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar
zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor
loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2015 yildan
Indigo Rose Corporation (
https://www.indigorose.com/
)
kompaniyasi AutoPlay Media Studio 8.5 versiyasini iste’molga chiqardi. Dastur
foydalanuvchilarga ob’ektlarni o’zaro bog’lashni amalga oshirishga yordam
beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. AutoPlay Media Studio dasturi
muhitida
Visual Basic,
Visual S++,
Java,
Adobe Flash kabi qator tizimlarda
yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin.
Dastur yordamida
animastiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini,
ma’lumotlar bazasini va shunga o’xshash ob’ektlarni nafaqat tez yaratish, balki
ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik
ishga
tushuvchi
oynalarni
o’zining
kutubxonasidagi
“niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin.
Bunday “niqob” sifatida
.jpg, .bmp va
.png kabi formatdagi fayllardan
foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni SD uchun tayyorlagan holda
uni dasturning o’zidan turib,
SD yoki
DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio
dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi.
Tayyor loyiha bunda
*.exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv
ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida katalogda shakllantirilishi mumkin.
Bundan
tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan.
Dasturning bu xossasi uning
Label,
Paragraph va
Button kabi ob’ektlari bilan
birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa,
matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi
lug’atlar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 8.5 ning yangi
versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan:
1.
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar,
multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish.
2.
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animastiya, matn va
boshqalarni biriktira olish xususiyati.
3.
Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar.
4.
XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi.
5.
rtf-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi.
6.
Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati.
7.
Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton ob’ektining mavjudligi.
8.
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funkstiyasi.
9.
Ob’ektlarni formatlash imkoniyati
10.
Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi.
11.
SD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo.
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir
nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (1-rasm):