2. AutoPlay Media Studio haqida ma’lumot AutoPlay Media Studio da yangi loyiha yaratish oynasi bilan ishlash



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix05.10.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#64585
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Amaliy mashgulot

Tools (Instrumentы). Bazida AutoPlay Media Studio dasturining 
galeriyasidagi mavjud buyruq tugmalari dizayn jihatidan etarli bo’lmay qolishi 
mukin. Shunday paytlarda ushbu menyuning “Button Maker” bandiga murojaat 


qilib yangi ko’rinishdagi buyruq tugmalarini yaratish mumkin. Bundan tashqari 
loyiha uchun sstenariy kodini yozish ham shu menyuda amalga oshiriladi. 
Edit (Pravka). Bu menyu orqali oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish yoki 
takrorlash, ajratilgan ob’ektni kesib olish, uning nusxasini olish va boshqa joyga 
qo’yish, o’chirish, sahifa dublikatini hosil qilish, bir turga mansub ob’ektlarni 
guruhlash, ob’ektni “qulflash”, ob’ektni fiksirlab qo’yish va yashirin holatga 
o’tkazish kabi ishlarni bajarish mumkin. 
Align (Vыravnivanie). Bunda ob’ektning sahifaga (ishchi sohaga) nisbatan 
koordinatalar bo’yicha, masalan, gorizontal, vertikal, va boshqa o’lchamlarga 
nisbatan joylashuv holatini belgilab olish mumkin. 
Page (Stranista). Bu menyu loyihadagi sahifalar uchun xizmat qiladi. 
Masalan, loyihaga yangi sahifa qo’shish, mavjud tanlangan sahifani o’chirish, 
mavjud sahifaning dublikatini (aynan nusxasini) hosil qilish, sahifaning xossasiga 
oid muloqot oynasini chaqirish kabi ishlarni bajarish mumkin. 
Object (Ob’ekt). Bu menyuda 24 ta ob’ektni sahifaga qo’yish imkoniyati 
mavjud bo’lib, shundan 17 tasi konstruktorlik tizimida ishlatiladigan standart 
ob’ektlar bo’lsa, qolgan 7 tasi plagin tarzida tashkil etilgan ob’ektlar bo’lib, ular 
“Plugins” buyrug’i orqali sahifaga qo’yiladi, masalan, Calendar, Windows stilidagi 
“ Win-Button” nomli buyruq tugmasi, Slider va h.k. Shuningdek, “Properties” 
buyrug’idan foydalanib, sahifada belgilangan ob’ektning xossalar oynasini hosil 
qilish imkoniyati mavjud. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin