YONG’INNI O`CHIRISHDA SUV TA'MINOTI
Suv yong`inni o`chirishda eng ko`p ishlatiladigan vositadir. Hajmi 1000 m3 131
dan katta bo`lmagan, o`tga chidamlilik darajasi I va II bo`lgan aloqida binolarda
joylashgan D toifadagi korxonalar hamda 50 tagacha odam yashaydigan bir-ikki
qavatli binolardan tashqari barcha aqoli yashaydigan joylar va ishlab chiqarish
korxonalari yong`inga qarshi suv bilan ta'minlanishi zarur. 8000 tagacha aholi
yashaydigan joylar yoki yong`inni tashqi tomondan o`chirishda 20 l/s gacha suv
sarflanadigan V, G, D toifadagi korxonalarda yong`inni o`chirish uchun suv
avtonasoslari mavjud bo`lganda bino va inshootlardan uzoqi bilan 200 m,
motopompalar mavjud bo`lganda uzog`i bilan 150 m va dastaki nasoslar mavjud
bo`lganda uzog`i bilan 100 m masofada joylashgan daryolar, ko`lmak suvlardan
olinishi mumkin. Aholi soni 500 tagacha bo`lgan qishloq joylarida yong`inni
o`chirish uchun hisobiy suv sarfi 5 l/s, 500-5000 aholi yashaydigan joylarda 10 l/s,
bundan ko`p aholi yashaydigan joylarda esa 15 l/s hisobida olinadi. O`tga
chidamlshshk darajasi I va II bo`lgan, xajmi 3000 m3 gacha bo`lgan ishlab chiqarish
hamda jamoat binolari uchun hisobiy suv sarfi - 5 l/s ni, III, IV va V darajalari uchun
10 l/ s ni tashkil etadi. Bitta yong`inni o`chirishga sarflanzdigan zaruriy suv miqdori
uning sekund davomidagi sarfi miqdori va yong`inni davom etgan vaqti bilan
hisoblanadi.