Amaliy mashg’ulot № 1
Birlamchi o’t- o’chirish vositalari, ularning turlari va ishlash prinsipini
urganish
Ishdan maqsad: Birlamchi o’t- o’chirish vositalarini vazifasi va ularni
ishlatish haqida tushunchaga ega bo’lish.
Ishning qisqacha mazmuni:
Yong’inni o’chirish uslublari va o’t o’chirgich moddalarning xususiyatlariga
mos ravishda yong’inni o’chirish vositalari tanlab olinadi.
Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo’linadi. Asosiy vositalar-
yong’inga o’t o’chirgich moddalarni (suv , ko’pik, kukun, karbonat angidrid gazi
va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomabil, avtosisterna , motopompa,
o’t o’chirgichlar va boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar – Yong’inni o’chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun
ishlatiladi. Ularga avtokranlar va tirsakli ko’targichlar, yoritish va aloqa
avtomabillari, shuningdek aperativ avtomabillar kiradi.
Yordamchi vositalarga –yong’inni o’chirishdagi ishlarni bajarish uchun yetarli
sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomabillari, avtobuslar, traktor
va boshqa mashinalar kiradi.
Birlamchi o’t o’chirish vositalari yong’in boshlanganda alangani keng tarqalib
ketmasligini to’xtatish va o’chirish uchun qo’llaniladi.Ishlab chiqarish
korxonalariga va qishloq xo’jalik mashinalari uchun zrur bo’lgan birlamchi o’t
o’chirish vositalariga talab O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi
Vazirligining 1998 yil 12 iyundagi №44 3-5-21 sonli qaroriga asosan aniqlanadi.
O’t o’chirgichlar – yong’in boshlanish vaqtida o’chirish uchun qo’llaniladi. O’t
o’chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o’t o’chirgichlar ko’pikli, gazsimon,
suyuq, kukunsimon guruhlarga bo’linadi.
Ko’pikli o’t o’chirgichlar – kimyoviy ko’pikli va mexanikaviy – havo turlarga
bo’linadi. Kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgich OXP-10 yona boshlagan qattiq
materiallarni , 1m
2
dan oshiq bo’lmagan turli yonuvchi suyuqliklarni o’chirish uchun
qo’llaniladi. OXP-10 o’t o’chirgich payvandlangan po’lat idishdan 128 iborat Uning
usti cho’yan qapqoq berkitgich tuzilma bilan kavsharlangan. Shtok prujinasiga
rezinkali klapan qo’yilgan bo’lib, qo’l ushlagich berk vaziyatida kislotali stakan
og’ziga klapanni siqib turadi.Qo’l ushlagich yordamida klapanni ko’tarib
tushuriladi. O’t o’chirgichning purkagichi maxsus membrana bilan berkitilgan
bo’lib, undan zaryad to’la aralashmasdan chiqmaydi. Zaryadning kislota solingan
stakanio’t o’chirgichning og’ziga o’rnatilgan. O’t o’chirgichni ishlatish qoidalari va
uning asosiy ma’lumotlari korpusga yopishtirilgan yorliqda bayon etilgan.
Kimyoviy ko’pik o’t o’chirgichlar bir yilda kamida bir marta qayta zaryadlanadi.
O’to’chirgichning ishlash vaqti 50-70 sek, sochish uzunligi 6-8 m, ko’pik miqdori
40-55 l, kengayish darajasi 6 marta va turg’unligi 40 daqiqa.
OXP-10 qo’l o’t o’chirgichi OVP-10 havo –ko’pikli karbonat angidridli o’t
o’chirgich.
OVP-5 va OVP-10 havo ko’pikli qo’l o’t o’chirgichlar turli moddalar va
materiallar yona boshlaganda o’chirish uchun belgilangan. Uni ishqoriy metallar,
moddalar, havosiz yonuvchi jismlar va tok ostida bo’lgan elektr qurilmalarni
o’chirishda qo’llanilmaydi. Ularning o’t o’chirish samaradorligi bir xil hajmdagi
kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgichlarga nisbatan 2,5 marta ortiq. Neytral zaryadni
amaliy qo’llanilishi yong’inni o’chirishdagi o’t o’chirgichningatrofidagi jismlar
uchun zarasizdir. Chunki yong’in o’vhirilgandan so’ng havo-mexanikaviy ko’pik
butunlay izsiz yo’qoladi. OVP-5 va OVP-10 bir-biridan faqat korpusning hajmi
bilan farq qiladi.
Karbonat angidrid gazli o’t o’chirgichlarda (OU- 2, OU-5, OU-8 ko’l va OU-
25, OU-80aravachagao’rnatilgan ko’chma ) karbonad angidrid (SO2) o’t o’chirgich
zaryadi hisoblanadi. Ularningtuzilishi bir- biriga o’xshash. Belgidagi son qiymati
idishning hajmini litrda ifodalanoshini ko’rsatadi. O’y o’chirgichlar siqilgan gaz
bilan to’ldirilgan bo’lib tok o’tkazmaydi. Shuning uchun ular tok ostida bo’lgan
elektr qurilmalarni va katta bo’lmagan yong’inni o’chirish uchun mo’ljallangan. O’t
ochirgich po’lat idishning konusli rezbasiga sifon nay bilan latun vintil burab
qotirilgan. O’tni o’chirishda uni ishlatish uchun ventil maxovikni o’ng tomondan
oxirigacha buraladi.Uningtrubkasidan chiqayotgan gaz yonuvchi jismga vintilni
ochishdan oldinro’para qilinadi. Kukinli o’t o’chirgichlar sanoatda OP-1 “sputnik” ,
OP-1 “turist” OP-1 va OP-10 kukinli o’t o’chirgichlar ko’p ishlab chiqariladi.Ularda
zaryad sifatida quruq kukinlar olinadi.Kukinlar yonish doirasida kislorodni siqib
chiqarib alangani mexanik ravishda o’chiradi.Ular avtomabillar, ishqoriy tuproq,
mrtallar, tok ostida bo’lgan elektr qurilmalar, birdaniga 129 tez alangalanuvchi va
yonuvchi suyuqlik va gazlarni o’chirishda qo’llanoladi.Kukunning kamchiligi –
sovitish xususiyati past. Shuning uchun kukun bilan o’chirilganda qizigan jismlar
yana alangalanib yonishi mumkin.
Yong’in o’chirish vositalari chorvachilik binolari joylashgan maydonda
maxsus taxtalarga (shitlarga) terib qo’yiladi. To’siqlar imoratlar orasidagi
masofadan 100 m, O’tga xavfli materiallar saqlanadigan joydan 50 m oraliqda
qo’yiladi.Yong’in o’chirish vositalari qizil rangga bo’yaladi, undagi yozuvlar esa oq
rang bilan yoziladi. Har bir obektda birlamchi o’t o’chirish vositalari bo’lishi skerak.
Ishlab chiqarish binolarida va omborlarda yong’in inventarlari bilan taminlash
tashkilotlarining rahbarlariga yoki boshqa javobgar shaxslarga topshiriladi. Yong’in
inventari va qurilmalarining o’t o’chirishga bog’liq bo’lmagan ishlarga qo’llash
qat’iy man etiladi.Yong’in o’chirish vositalari ob’ektning maydoni va texnalogik
jarayonlarga qarab hisoblanadi.
Sprinkler qurilmalari suv quvurlari tarmoqidan iborat bo`lib, imoratni shipiga
purkagich-kallaklar (forsunkalar) quvurlarga burab mahkamlanadi. Bu tarmoqqa
suv quvurlar yoki idishdan nasoslar yordamida suv beriladi. Qurshshaning asosiy
qismi - sprinkler purkagich kallak hisoblanadi. Harorat belgilangan qiymatdan oshib
ketganda unga o`rnatilgan oson eruvchi metall erib ketadi va suv yo`li ochiladi. Suv
sprinkler lappagiga urilib maydalanib atrofga sochiladi. Lappaqdagi o`rnatma 72°,
95°, 141° va 182° haroratga mo`ljallangan. Bu maqsadda suyuqlik to`ldirilgan
shisha kapsula o`rnatgichlar ham ishlatiladi. Sprinklerlarni shunday joylashtirish
kerakki, har bir kallak 12 m
2
pol yuzasiga va yong`in xavfi yuqori bo`lgan joylarda
9
m
2
yuzaga
suv
sochilishga
mo`ljallangan
bo`lishi
kerak.