Qishloq xo`jaligi bino va inshootlarining yong`inni o`chirish uchun suv, suv
keng qo`llaniladi. O`t o`chirish moddalari elektr o`tkazish (suv va boshq.) va elektr
o`tkazmaslik (gazlar, kukunlar) xossalariga ega bo`ladi. Shuningdek, zaharli (3,5-
brom-etil, freon), kam zaharli (azot, ko`mir kislota) va zaharsiz (suv, ko`pik,
kukunlar) turlarga bo`linadi. Shuning uchun ishlab chiqarish ob'ektlari va
hisoblanadi. U yuqori issiqlik sig`imiga ega bo`lgani uchun olovni o`chirish
jarayonida yonayotgan moddalardan juda ko`p issiqlikni oladi. Bir gramm suvni
bug`ga aylantirish uchun 2,26 kJ issiqlik sarf qilinadi. Suvning kamchiliklari -
issiqlik sig`imidan foydalanish koeffisienti past, elektr o`tkazuvchan, chang
qatlamiga ta'sir etganda portlovchi xavfli aralashma hosil qiladi. Shu sababli suv
Ayniqsa kalsiy karbidga suv tushganda yong`in sodir bo`ladi va portlashga
xavfli gaz-asetilen ajraladi, so`ndirilmagan ohak esa - juda katta issiqlik chiqarib,
yonidagi yonuvchi materiallarni yondiradi.
Ko`pincha yong`inni o`chirish uchun suv va 3-10% li brometil va boshqa
aralashmalardan tayyorlangan eritmalar ishlatiladi. Eritmani namlaydi, sovitadi va
yonuvchi materialni bug` bilan qoplaydi. Ko`pik sovutkich vazifasini bajarib,
ma'lum vaqt ichida kislorodni issiq yuzaga kirishiga qarshi turish qobiliyati ega.
Kimyoviy ko`pik ko`piksimon kukunlarni qo`llaganda generatorlar yordamida hosil
qilinadi. Ko`pik kukun sariq-kul rang ko`rinishada bo`lib, kislota va ishqordan
iborat. Kislota qismiga odatda mayin maydalangan alyuminiy sulfat, ishqorga esa -
maydalangan natriy gidrokarbonat olinadi. Bu ko`pik neft maqsulotlari, spirt, aseton
va boshqa moddalarni o`chirishda qo`llaniladi. Kimyoviy ko`pik hajmi bo`yicha
80% karbonat angidrid, 19,7% suv va 0,3% ko`pik hosil qiluvchi moddadan iborat.
Ko`pikning turg`unligi (to`la parchalanguncha) 40 daqiqaga yaqin. Mexanikaviy-
havo ko`pik neft mahsulotlarini o`chirishda qo`llaniladi. U suv, havo va ko`pik hosil
qiluvchi moddalarni maxsus elektr generator stvollarida va o`t o`chirgichlarda tez
aralashishi natijasida olinadi. Mexanikaviy havo ko`pik amalda agressiv kimyoviy
xossalarga ega emas, kimyoviy ko`pikka nisbatan elektr o`tkazuvchanligi kamroq
bo`lgani uchun elektr qurilmalarni kuchlanishi bo`lganda ham (masofadan turib,
tizillab chiquvchi ko`pik bilan) o`chirishda qo`llaniladi.
Karbonat angidrid gazi - SO2, - inert, rangsiz gaz, havodan 1.5 marta og`ir, 0°
da bosimi 3,6 MPa da suyuq holatga aylanadi. Ut o`chirgichdan purkalganda juda
tez kengayadi (500 martagacha) va past (-72°) haroratli, qorsimon massaga aylanadi.
Karbonat angidridning asosiy xosslaridan biri shundan iboratki, u erimasdan
to`g`ridan-to`g`ri gaz holatiga aylanadi. Karbonat angidrid gazining elektr
neytralligi kuchlanish ostida bo`lgan elektr qurilmalarni o`chirishda qo`llash
imkoniyatini beradi. Yonayotgan xonadagi hajmga nisbatan SO2 aralashmasi 30%
dan kam bo`lmasa karbonat angidrid gazi ishlatilganda yong`in butunlay to`xtaydi.
Bu gaz yordamida berk imoratlarni o`chirishda yaxshi natijalar olinadi.
Kukunlar suv bilan reaksiyaga kirishuvchi ishqoriy metallar, alyuminiy organik
birikmalar, fosfor. yonuvchi suyuqliklar va boshqa moddalar. Ular suv va ko`pikdan
buziluvchi qimmatli xujjatlar, suratlar va boshqa qimmatbaho materiallarni o`chirish
uchun mo`ljallangan. Kukunli o`t o`chirgichlar PS-1 va PS-2 tarkibi bilan ishlab
chiqariladi. Kukun elektr o`tkazmaydi, odam uchun zararsiz, arzon, tashish va
saqlash qulay. Past haroratda muzlamaydi. Juda ko`p yonuvchi suyuqliklarni
o`chirishda qo`llaniladi.