Amaliy mashg’ulot №1. Boshqarish ob’yektlarini analiz qilish. O‘tkinchi jarayon grafigidan uzatish funksiyasini aniqlashning usullari



Yüklə 79,85 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü79,85 Kb.
#47459
1- Amaliy mashg (2)

Amaliy mashg’ulot №1. Boshqarish ob’yektlarini analiz qilish. O‘tkinchi jarayon grafigidan uzatish funksiyasini aniqlashning usullari.


Ishdan maqsad:

1.1. Texnologik jarayonni boshqarish ob’ekti sifatida taxlil qilishni o’rganish.

1.2. Asosiy rostlash printsiplarini o’rganish.
Nazariy qism

Avtomatik boshqarish nazariyasi (ABN) ko’plab avtomatik qurilmalarni ishlab chiqishning nazariy bazasi hisoblanadi. ABNni o’rganish predmeti quyidagilar hisoblanadi: keng tarqalgan avtomatik rostlash va boshqaruv tizimlarini sintez va analiz qilish usullari, qurish printsipi.

Boshqaruv—qanaydir jarayonning tashqi va ichki informatsiyalarga va ularning jarayonga ta’sirini e’tiborga olib va uning samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ta’sirlar majmuasidir.

Qiymatini stabillash yoki bir tekisda o’zgarishini ta’minlash zarur bo’lgan parametrga rostlanuvchi kattalik deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning qiymatini stabillash ma’lum qonun bo’yicha o’zgarishini amalga oshirish uchun mo’ljallangan asbob avtomat rostlagich deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda ulchangan qiymati rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo’yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo’lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo’lishni talab qiladi. Ammo ichki yoki tashqi sharoitlarning o’zgarishi sababli rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatidan chetga chiqishi mumkin. SHu paytda hosil bo’lgan qiymatlar farqini xato yoki nomoslik deyiladi.



Zadatchik - o’zining chiqishida rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatiga mutanosib signal ishlab chiqarishga mo’ljallangan qurilma. Ammo tengsizlik signalining quvvati, odatda, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini harakatga keltirish uchun kamlik qiladi. SHuning uchun, avtomatik rostlagich orqali amalga oshiriluvchi rostlash qonuniga muvofiq, bu signal kuchaytirilib tuzatiladi. Bu operatsiyani kuchaytirgich va tuzatuvchi blok bajaradi.

Rostlanuvchi kattalik bilan kirish signali o’rtasidagi funktsional bog’lanishga rostlash qonuni deb ataladi.

Signal avtomatik rostlagichning chiqishidan ijro etuvchi mexanizm kirishiga keladi. Rostlagichning buyruq signalini o’zidagi rostlovchi organning tegishli signaliga o’zgartiruvchi qurilma ijro etuvchi mexanizm deyiladi.

Rostlagich – avtomatik rostlash funktsiyasini amalga oshiruvchi texnik qurilma.

ABNda qo’llaniladigan asosiy rostlash printsiplarini ko’rib chiqamiz.

Rasm. 1. Avtomatik rostlash tizimlarining namunaviy struktur sxemasi.


a) ochiq tsikl bo’yicha rostlash.

b) g’alayon bo’yicha rostlash.



v) Teskari aloqa bilan rostlash.




g) Kombinatsiyalashgan tizim.



Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun topshiriq.

    1. jarayonni boshqaruv ob’ekti sifatida tahlil qilish (boshqarish ob’ektining hududini belgilash, rostlovchi, boshqaruvchi va g’alayonlantiruvchi kattaliklarni ajratish, ob’ektning xarakteristikasini tushuntirish, boshqaruv va g’alayonlanishda dinamik xarakteristikasini baholash, boshqarish maqsadini tariflash)

    2. rostlash printsipini tanlash va qilingan tanlov sababini tushuntirish.

    3. tizimni avtomatik rostlashning texnologiyasini taklif qilish.

    4. ARTning struktur sxemasi bo’yicha zveno va aloqani detallashtirish.

Rasm. 2. avtomatik rostlash tizimining yoyilgan sxemasi.



ZU – topshiriq beruvchi qurilma, SU – taqqoslovchi qurilma, R – rostlagich, U – kuchaytirgich, IM – ijrochi mexanizm, RO – rostlovchi organ, OU – boshqarish ob’ekti, CHE – sezgir element, PDP – masofaga uzatuvchi o’zgartirgich.


    1. ART ni sinflarga ajrating.

Yüklə 79,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin