Амаliy mashg’ulot №1: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati, хavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash


Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix08.01.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#78715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hayot faoliyoti taqdimot

Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani
yechish lozim bo`ladi:
1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab
chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);
2. Amaliy (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash).


Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o`zini oziq-ovqatga, suvga,
havoga, quyosh energiyasiga, o`rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bo`lgan
ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir vaqtda inson hayotiy
fazasida o`zidan ongli faoliyati bilan aloqador bo`lgan (mexanik, intellektual
energiyalar)
bioliogik
jarayon
chiqimlari
ko`rinishidagi
ma`lum
massadagi
moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi. Moddalar
va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan jarayonlar uchun ham
xarakterlidir.
Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib kelishini
ta`minlaydi. Bu esa o`z navbatida biosferada o`simlik va hayvonlar oqimini,
moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan
favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini ro`yobga keltiradi.
Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar
va odamlar navbati oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga
chiqarilayotgan chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat chiqindilari, iflos
suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik ta`sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo`jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo`ladi va
ularni butunlay yo`qotib bo`lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga
o`tkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Bundan tashqari texnosferada yuz
beradigan to`satdan portlash, yong’inlar natijasida, qurilish konstruktsiyalarini
buzilishida, transport avariyalarida va shunga o`xshashlarda katta miqdordagi
chiqindilar hosil bo`lishi va energiya oqimlarini yuzaga keltirishi mumkin.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin