8.Maktab umumiy biologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.
Ta`lim standarti haqida umumiy tushuncha
1997 yili Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida ta`lim to‘g`risida ikkinchi marotaba qonun qabul qilindi, hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning
birinchi bosqichi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb -xunar ta`limning davlat standartini ishlab chiqish, har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini, ularga asoslanib darsliklarini yaratishga bag`ishlandi. 1997-1998 yillarda umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning tajriba-sinov maydonchalarida sinovdan o‘tkazildi. O‘qituvchilar, metodistlar, xalq ta`limi xodimlarining keng
muhokamasidan o‘tgandan so‘ng umumiy o‘rta ta`lim, davlat ta`lim standari hamda barcha o‘quv fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgust qarori bilan tasdiqlandi. Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti va biologiya o‘quv dasturi «Ta`lim taraqqiyoti» jurnalining 1999 yil 3-mart sonida ko‘p nusxada nashr qilinib, respublikaning barcha maktablari, xalq ta`limi bo‘limlariga yuborildi va u keng jamoatchilikka, ota-onalarga, o‘quvchilarga ma`lum qilindi.
Standart so‘z inglizcha bo‘lib, nusxa, o‘lcham, me`yor degan ma`nolarni anglatadi. Shu
sababli ham umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standartini asosiy qoidalarida «Umumiy o‘rta
ta`limning davlat ta`lim standarti» o‘quvchilarning umumta`lim tayyorgarligiga, saviyasiga
qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi, deb ta`kidlangan.
Biologiya ta`lim standartining tarkibiy qismlari.
Biologiya ta`lim standarti biologiya ta`limining maqsad va vazifalarini yoritishdan
boshlanadi. Biologiya ta`limining bosh maqsadi o‘quvchi shaxsini tarbiyalashdan iborat.
Biologiya ta`lim standartida biologiya ta`limining asosiy vazifalari atroflama yoritib berilgan.
Hozirgi davrda hayotning tuzilish darajalari molekula, hujayra, organizm, populyasiya - tur,
biogeosenoz, biosfera ko‘rinishda bo‘lishligi e`tirof qilinadi. Hayot tuzilishini ana shu darajalari
orasida organizm darajasi markaziy o‘rinda turadi. Bir tomondan u hayot tuzilishining quyi
darajalari bo‘lmish molekula, hujayra darajasini o‘zida mujassamlatirsa, ikkinchi tomondan
organizmning o‘zi hayot tuzilishining yuqori darajasi bo‘lmish populyasiya - tur, biogeosenoz,
biosfera darajalar tarkibiga kirishini e`tiborga olib biologiya ta`lim standartining ta`lim
yo‘nalishlaridan birinchi qilib «Organizm biologik sistema» olingan.