A1+ media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish.
O‘zini o‘zirivojlantirish kompetensiyasi: A1 o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish, qismlarga ajratish;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;
sodda kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtirish;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzatish hamda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim etish.
A1+ masala yechish orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan
o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantirish.
Ijtimoiy faolfuqarolik kompetensiyasi: A1 atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qilish.
A1+ matematik qobiliyatini har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish uchun ishlatish.
Milliyva umuminsoniy kompetensiya: A1 zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab berish;
milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llash;
jamoat joylaridagi odob-axloq qoidalari va an’analarni o‘zlashtirish.