Amaliy mashg‘ulot 1-modul



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə41/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
matmetodika

I–IV sinf oquvchilari uchun matematik viktorina namunasi
1)Qachon uchta bir xonali va ikki xonali sonning yig‘indisi uning ko‘paytmasidan katta bo‘ladi?
(Javob: 12 + 13 + 0 > 12 13 0 a + b + c > a b c
agar a = 0; b = 0; c = 0 bo‘lsa, yoki
12 + 0 + 0 > 12 0 0, a + b + c > a b c
agar a = 0, b = c = 0 bo‘lsa.)
2. Agar kunning yarmidan kechaning yarmigacha vaqtning o‘tgan qismi qolgan qismining uchdan birini tashkil qilsa, hozir soat necha ?
(Javob: kunduz kuni soat 3.)
3. Qachon beshni ko‘rib 25 deymiz? (Soatda, agar minut strelkasi
5 ustida bo‘lsa .)
4. Ikki sonning yig‘indisi birinchi songa qachon teng bo‘ladi ? Javob: agar ikkinchi qo‘shiluvchi nolga teng bo‘lsa.
5. Qo‘shish va ayirish amali qachon ko‘paytirishdan yoki bo‘lishdan oldin bajariladi ?
(Javob: agar qavslar ishlatilgan bo‘lsa)
6. Uchta ikki raqami va amal ishorasi yordamida 24 ni qanday hosil qilish mumkinmi? (22 + 2)
7. Bo‘linma bo‘linuvchiga qachon teng bo‘ladi? (Agar bo‘luvchi birga teng bo‘lsa)
8. Ikki xonali sonning o‘nlar xonasidagi raqam 7, birlar xonasidagi raqam undan uchta kam . Bu qanday son? (74)
9. 16 kg un va bir necha bo‘sh va og‘irligi bir xil xaltachalar bor. Tarozi bor-u, lekin toshlari yoq. Toshsiz 8 kg, 4 kg, 12 kg, 14 kg unni qanday qilib alohida tortish mumkin ?
10. Yetti aka-ukaning bittadan singlisi bor. Ularning hammasi nechta bo‘lgan? (8 ta)
11. 3 kg paxta og‘irmi yoki 3 kg temir?
12. Ikki ota va ikki o‘g‘il 3 tuxumni yedilar. Ularning har biri nechtadan tuxum yegan? (bittadan, chunki ular: bobo, o‘g‘il, nabira)
13. Agar sutkaning boshidan o‘tgan soatlar soni qolgan soatlar soniga teng bo‘lsa, hozir soat necha? (Javob: kunduz soat 12. )
III–IV sinf oquvchilari bilan otkaziladigan matematik viktorina namunalari.
1. Agar yangi eramiz boshidan kerosin lampasi ishlatila boshlangan yilgacha to‘la 1844 yil o‘tgan bo‘lsa, kerosin lampasi birinchi marta qachon ishlatildi ?
(Javob: 1945-yil)
2. Ming sonini beshta 9 raqami va amal ishoralari yordamida yoza olasizmi? Oltita uchlik bilan–chi? Yettita birlik bilan–chi? Sakkizta sakkizlik bilan–chi? Uchta o‘n soni bilan–chi?
Javob: 1) 999 + 9 : 9 = 1000
2) 333 x 3 + 3 : 3 = 1000
3)111 – 111 = 1000
4) 888 + 88 + 8 + 8 + 8 = 1000
5) 10 x10x10 = 1000 ;
3. Agar eramiz boshidan Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirilgan kungacha to‘la 1965 yil, to‘qqiz oy va uch kun o‘tgan bo‘lsa, u qachon uchirilgan?
(Javob: 4-oktabr 1957-yil)
4. Bir sutkada soatning minut strelkasi soat strelkasi ustidan necha marta o‘tadi?
(Javob: 22 marta, chunki sutkaning boshida va oxirida minut strelkasi soat strelkasining ustidan o‘tmaydi)
5. Uchta beshlik yordamida nol yozing. (Javob: ( 5- 5 ) x 5)
6. Agar soat har yarim soatda jaranglaydigan bo‘lsa, u sutkasiga necha marta jaranglaydi?
7. Eng katta olti xonali son, eng katta uch xonali sondan necha marta katta? ( 1001 marta )
8. Oʻnta idishda baliqlar suzib yurishibdi. Agar birinchi idishdan bitta baliq olib ikkinchi idishga solinsa, u holda baliqlar har ikkala idishda baravar bo‘ladi. Agar ikkinchi idishdan bitta baliq olib ikkinchisiga solinsa, u holda birinchi idishdagi baliq ikkinchisidagidan ikki marta ortiq bo‘ladi. Har qaysi idishda nechata baliq bor? (7, 5)
9. 140 sonini shunday ikki qo‘shiluvchiga ajratingki, birinchisini sakkizga bo‘lib, ikkinchisini 12 ga bo‘lsak bo‘linmalar o‘zaro teng bo‘lsin. (Javob: 56, 84)
10. Tomonlari teng, lekin burchaklari teng bo‘lmagan to‘rtburchak bo‘lishi mumkinmi?
(Javob: romb, burchaklaridan ikkitasi o‘tmas, ikkitasi o‘tkir bo‘ladi.)
11. Ikki sinfda 82 o‘quvchi bor, birida ikkinchisidan 8 o‘quvchi ortiq. Har bir sinfda necha o‘quvchi bor? (Javob: 37 o‘quvchi va 45 o‘quvchi)
12. Agar soat har yarim soatda jiringlaydigan bo‘lsa, u sutkasiga necha marta jiringlaydi? (Javob: 48 marta)
13. Buvasi 56 yoshda, nabirasi esa 14 yoshda. Buvasi nabirasidan necha yildan keyin ikki marta katta bo‘ladi? (Javob: 28 yildan keyin)
Oʻquvchilarning qaysi biri viktorina savollarga ko‘p, to‘g‘ri va aniq javob bersa, unga mukofot yoki matematika kechasidagi viktorinada birinchi o‘rinni olganligi uchun “Taqdirnoma” topshirish kerak.
Matematik viktorinaga doir savol va masalalar yengil va qiyin mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Buning bilan biz kechadagi yaxshi va bo‘shroq o‘qiydigan o‘quvchilarni qiziqtira olamiz. Chunki yengilroq savollarga ham hamma o‘quvchilar javob bera oladi. Unga javob bergan o‘quvchilar qiyin savol va masalalarni yechishda qo‘rqmasdan o‘z bilimini sinaydi.
Kechaning qiziqarli va jonli o‘tishi uchun turli sinf o‘quvchilari yakka-yakka va jamoa bo‘lib tez–tez chiqib tursalar hamda mavzular bayoni bir-biridan boshqacha bo‘lsa, qatnashuvchilarda zo‘r qiziqish vujudga keladi. Dasturning asosiy qismi “Kim tezroq topadi” tipdagi matematik o‘yinlar bo‘lishi kerak. Sahnaga bir sinfning o‘quvchilari chiqishadi. Ular ikki qator bo‘lib turadilar. Har bir qatorning boshida o‘zining rahbari bo‘ladi. O‘yin shunday o‘tadi: bir guruh ikkinchisiga misollar, masalalar, topishmoqlar, qiyin masalalar, viktorina va boshqalar beradi. Javoblar qarshi tomonning nomma–nom chaqirishi
bo‘yicha beriladi. Misol yoki masalalarga javob bera olmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi va o‘z o‘rtoqlaridan birining orqasiga o‘tib turadi. O‘yinda yutganlarning soniga qarab qaysi guruhning yutgani aniqlanadi.
Sinflar o‘rtasida guruh musobaqalari o‘tkazish mumkin. Bularning har bir guruhiga bir necha bir xil masala va vazifa topshiriladi. Qaysi guruh tez va to‘g‘ri ishlasa, shu guruh yutib chiqadi. Matematik o‘yinlar o‘tkazilayotgan vaqtda she’riy masalalar, namoyishlar va boshqalar bilan alohida chiqishlar tavsiya etiladi. Bularni yechishda ishtirok etuvchilar hammasi qatnashadi.
Qatnashuvchi o‘quvchilar sahnaga chiqib tomoshabinlarga dasturlarini ko‘rsatadilar. Kecha dasturiga doiraviy o‘yinlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: “Yarimtalab 100 gacha sanash”, “Ilon izi hisoblash” va boshqalar. Og‘zaki diktant mashqlari o‘tkazish mumkin. Quyidagiga o‘xshash qiziqarli masalalar yechish mumkin.
1. Tomda 6 ta chumchuq qo‘nib turgan edi. Ular yoniga yana 5 ta chumchuq kelib qo‘shildi. Shu vaqtda mushuk bir sakrab bitta chumchuqni tutib oldi. Nechta chumchuq qoldi ? (Bitta ham qolmadi)
2. Million betli kitobdan nechtasini ko‘tara olasiz ? (Bittasini ham ko‘tarish mumkin emas. Chunki 200 betli kitobning qalinligi bir santimetr bo‘lsa: 1000000 bet: = 5000 sm = 50 metr bo‘ladi, ya’ni 50 m qalinlikdagi kitobni ko‘tarish mumkin emas)
3. Bir kvadrat kilometr necha kvadrat metr bo‘ladi? (Javob: 1 kv km = 1 000 000 kv m.)
4. Bir tarelkada to‘rtta konfet bor. Bu konfetlarni Ahmad, Vali, Erkin va Ozodaga sindirmasdan bittadan bering. Tarelkada ham bitta konfet qolsin. (Oxirgi o‘quvchiga konfetni tarelkasi bilan beramiz)
5. Bir gala g‘oz uchayotir: bir g‘oz oldinda, ikkitasi esa keyinda; bir g‘oz keyinda ikki g‘oz esa oldinda; bir g‘oz ikki g‘oz orasida; uch g‘oz bir qatorda. Hammasi qancha g‘oz ?
(Javob: 3 ta va hokazo.)
Bolalarning yoshlari va o‘qiydigan sinflari bir–biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, kecha o‘quvchilarga shunchalik ko‘p foydali bo‘ladi. Agar ikkita bir xil sinflar bo‘lsa, kechada sinflar qo‘shib o‘tkazilsa ham bo‘ladi. Kechaga doir maxsus matematik gazeta chiqarib, undagi masalalardan bir nechtasini kim to‘g‘ri yechgan bo‘lsa, ularga mukofot berib o‘quvchilarni qiziqtirish kerak. Xuddi shunday maxsus tayyorlangan jadvallar, diagrammalar, sxemalar savollariga to‘g‘ri
javob topgan o‘quvchilarni ham qiziqtirish mumkin. Kechani boshlashdan oldin maktab zalini matematikaga doir plakatlar, shiorlar, jadvallar, matematik devoriy gazeta, ulug‘ matematiklarning rasmlari va boshqalar bilan bezatish mumkin. Kecha orasida matematik viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiq.dir. Keyingi vaqtlarda matematik kechalardagi yangilik – “Qiziqarli matematik o‘yin”ni o‘tkazishdir. Buning uchun o‘qituvchi oldindan tayyorlangan tangalarni o‘quvchilarga tarqatadi. Bu bilan o‘quvchilarning bir qismiga masalaning yoki misolning sharti berilsa, ikkinchi qismiga shu topshiriqning yechimi tarqatiladi. Tanganing har bir kartondan kesilgan qandaydir bir geometrik figura (kvadrat, uchburchak, tog‘ri to‘rtburchak va hokazo) bo‘lib, ustida yuqoridagilar yozilgan bo‘ladi. Kecha davomida o‘quvchilar bir–birini topib, ya’ni topshiriq va uning javobini topib, hakamga murojaat qiladilar. Kechada o‘quvchilar “Kalendar va uning tuzilishi”, “Odamlar hisoblashni qanday o‘rgandilar”, “O‘lchovlarning metr sistemasi” va boshqa mavzular yuzasidan qisqacha ma’ruzalar o‘tkazishlari zarur. Bulardan tashqari sinf cho‘ti yordamida “Kim tez hisoblaydi?” degan o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Bunday mashg‘ulotlar o‘tkazish natijasida o‘quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlagan va matematika faniga qiziqishini oshirgan bo‘lamiz. Buni tajribali o‘qituvchilar o‘z ishlarida qo‘llab isbotlaganlar.



Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin