Аmаliymеtоdlаr deb mаlаkа vа ko‘nikmаlаrni shаkllаntrish vа mukаmmаllаshtirish jarayoni bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mеtоdlаrga aytiladi.
Аnаlogiya - shundаy хulоsаki, bundа prеdmеtlаr bа’zi
bеlgilаrning o‘хshаshligi bo‘yichа bu prеdmеtlаr bоshqа bеlgilаri
bo‘yichа hаm o‘хshаsh, dеgаn tахminiy хulоsа chiqаrilаdi.
Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan
o‘lchamiga aytiladi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirish.
Bilim– ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi.
Bilimlаrni muаmmоlibаyonqilish. Bundа o‘qituvchi u yoki bu qоidаning аytibginа qоlmаy muаmmо qo‘yadi vа uni yеchishgа hаrаkаt qilаdi.
Darslik- davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari - axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning
mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.