Zarur jihozlar: karton parchasi, ko‘rish o‘tkirligini aniqlash uchun jadval, ko‘rsatish uchun tayoqcha.
Ishni bajarish tartibi. Jadval yaxshi yoritilgan devorga osiladi. Sinaluvchi jadvaldan 5 m uzoqdagi stulda o‘tiradi. Har bir ko‘zining ko‘rish o‘tkirligi alohida aniqlanadi. Sinaluvchi bir ko‘zini ekran (karton parchasi) bilan bekitib turib, tekshiruvchi tayoqcha bilan ko‘rsatayotgan harflarni eshittirib o‘qiydi. Tekshirishda yirik harflarni ko‘rsatishdan asta-sekin maydaroq harflarga o‘tiladi. Xato qilmasdan o‘qiladigan harflarning oxirgi qatori ko‘rish o‘tkirligini bildiradi. Ikkinchi ko‘z ham xuddi shu tartibda tekshiriladi. Normal ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi 1,0-2,0 bo‘ladi.
Ko‘rish o‘tkirligi quyidagi formulaga asosan hisoblab chiqariladi:
V = d /D
V- ko’rish o’tkirligi, d- masofa, D- jadvaldagi dioptriy.