Amaliy mashg’ulоt №1 Somatometrik ko`rsatkichlarni aniqlash. Tana konstitutsiyasini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Amaliy mashg`ulotda ishlash va tajribani rasmiylashtirish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə14/37
tarix09.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#56832
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
yosh fiz fizika matem AMALIY QISMI

Amaliy mashg`ulotda ishlash va tajribani rasmiylashtirish
a) kuzatuvlar va olingan natijalar
b) olingan natijalar muhokamasi
c) xulosa
Nazorat savollari

1. Oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlarni aniqlang ?

2. Shartli reflekslarga xos xususiyatlarni ayting
3. Shartsiz reflekslarga xos xususiyatlarni ayting


Amaliy mashg’ulоt №4

Bosh miyaning rivojlanishi. Bolada reflektor reaksiyalarning rivojlanishini baholash
Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo'lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi.

1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o’sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshlarga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o'sadi, so’ng orqa miyaning o'sishi tezlashadi.

Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to'qim a hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo'ladi.Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko'prigi, miyacha, o'rta miya, oraliq miyadan iborat bo'lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o 'rab turadi.

Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta ’sirlar eng avvalo o 'ta sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo'zg'alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleksning yuzaga chiqishida qo'zg'alish o'tadigan yo'l refleks yoyi deyiladi. Qo'zg'alishning o'tishi va refleks hosil bo'lishi uchun reflektor yoy butun bo'lishi kerak. Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan.

Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi - ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo'linadi

Ekstroretseptorlarga teri, k o 'z, quloq, hid bilish, ta ’m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi.

Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning

o'zida hosil bo'ladigan ta ’sirni qabul qiladi. Prioprioretseptorlar muskullar, paylar va b o 'g 'im lard a joylashgan retseptorlardir.

Refleksning turlari. Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko'rsatiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo'linadi.

Shartsiz reflekslar tug'm a bo'lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o'tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo'lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi.




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin