Ishdan maqsad.Odamning ko‘rish o‘tkirligi va ko’rish maydonini aniqlash.
Ko‘rish o‘tkirligi - ko‘rish analizatori ajrata oladigan ikkita buyum o‘rtasidagi eng kichik masofadir. Normal ko‘z, ko‘rinish burchagi 1 gradus bo‘lgan ikkita nurli nuqtani farqlash xususiyatiga ega. Bunday ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi bir deb qabul qilinadi. Ko‘rish o‘tkirligini aniqlash uchun Golovin jadvalidan foydalaniladi. Bu jadval 12 qator har xil kattalikdagi harflardan iborat. Harflar yuqoridan pastga tushgan sari kichrayib boradi.