Amaliy mashg’ulоt №1 Somatometrik ko`rsatkichlarni aniqlash. Tana konstitutsiyasini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/37
tarix09.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#56832
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
yosh fiz fizika matem AMALIY QISMI


Amaliy mashg’ulоt №1

Somatometrik ko`rsatkichlarni aniqlash. Tana konstitutsiyasini aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi:

- Antropometrik o’lchovlar o’tkazish orqali jismoniy rivojlanishga baho berish.


Umumiy tushuncha: Jismoniy rivojlanish deganda biologik rivojlanishning yosh darajasini belgilab beruvchi morfofiziologik belgilar majmuasi tushuniladi.

Jismoniy rivojlanish o’sib kelayotgan organizm sog’lig’ining muhim ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish 2 xil tushunchaga ega.

Birinchi- tushuncha organizmning yetilishi, shakllanish jarayonlarini va uning biologik yoshga mosligi xarakterlanadi. Ikkinchi- tushuncha esa har qaysi vaqt oralig’ida morfofunksional holati xarakterlanadi.

O’sish tana massasi va hajmining undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga oshib borishdir. O’sish bola sog’lig’i va jismoniy holatlarining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga kеladi.

Rivojlanish-organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to’qima va organlarning morfologik diffеrеnsiallashuvi dеmakdir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi.

O’sish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko’rsatkichlar ma'lum vaqt o’tishi bilan sifat ko’rsatkichlariga aylanadi.Bola organizmining o’sishi fiziologik jarayon bo’lib, bu vaqt oziq moddalarni istе'mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi.

O’sish jarayoni ayollarda 18-19 yoshda yigitlarda 20-21 yoshda tugallanadi. Jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari jinsga bog’liq ravishda farq qilinadi. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’grisidagi ma`lumotlar ularning sog’lig’ini ko’rsatuvchi muhim belgilardan bo’lib, uning ko’rsatkichlari ko’pgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bog’liq.

Bola bir yoshgacha bo’yining uzunligi 25 sm o’sib bolaning bo’yi 75 sm gacha yetadi.Jinsiy yetilish muunosabati bilan qizlarda 12 yoshdan bolalarda 15 yoshdan bo’y o’sishi tezlashadi.O’sish qizlarda 18-19 yoshda yigitlarda 20 yoshda tugallanadi. Butun o’sish davrida oyoqlar uzunligi 5 marta, qo’l uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar ortadi.

Yangi tug’ilgan qiz bolaning vazni 3,5 kg, o’g’il bolaning vazni 3,4 kg bo’ladi.Birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr vazni ortadi.bir yoshga yetganida vazni 9,5-10 kg bo’ladi.

Ko’krak qafasi aylanasi esa ko’krak kafasining sigimi, ko’krak va yelka mushaklarining rivojlanganligini xamda ko’krak bo’shlig’i a`zolarining funksional holatini xarakterlaydi.

Bolaning tug'ilishidan boshlab to voyaga yetguniga qadar, o’sish va rivojlanishi, organlar funksiyasini, organizmni turli fiziologik usullar yordamida o'rganib, muhim funksiyalarni yozib olib, malumotlar to'planadi va ular taxlil qilinadi

Antroponometrik usul: bu usulning bir nechta turlari mavjud bo'lib, bular quyidagilardir



  • a) somatometrik - bola bo'yining uzunligi,vazni

  • b) fiziometrik - funksional ko'rsatkichlardan o'pkaning tiriklik sig'imi, ko'rish o'tkirligi, ko'rish maydoni

  • v) somatoskopik - qad-qomatning tuzilishi (umurtqa pog'onasining shakli, ko'krak qafasi, oyoq mushaklarining rivojlanishi, teri ostidagi yog' qatlamining miqdori va hokazo), jinsiy rivojlanish alomatlari aniqlanadi.

Ish anjomlari: Jismoniy rivojlanish standartlari, bo’y o’lchagich, santimetrli lenta, tibbiyot tarozisi, sirkul, spirometr, dinamometr


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin