Ko’krak qafasi aylanasi- tinch holatda chuqur havo olganda, hamda chuqur havo chiqarganda o’lchanadi. Orqa tomonidan quyilgan metrli tasma tagida ko’krak suyagi burchaklari bilinib turishi old tomonidan esa ko’krak qafasining o’rta qismida bo’lishi kerak. O’lchash vaqtida qo’llar tushiriladi. Ko’krak qafasining tinch holatdagi ko’rsatgichi chuqur nafas chiqarilganidan 1-2 soatga ko’p bo’lishi kerak.
Tana vaznini aniqlash-tibbiy tarozilardan foydalaniladi. Kichik yoshdagi bolalar maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozidan ishlashdan oldin uning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash uchun maxsus o’lchov toshlari bilan tekislab olish tavsiya etiladi. Tarozi tortishdan oldin ust kiyimlar va oyoq kiyimlari yechilib, taroziga chiqiladi va tik turgan holatda o’lchanadi.