Axillov refleksini hosil qilish. Ishni bajarish tartibi. Sinaluvchi kishi stulda tizzalab o`tiradi; har ikkala oyoqkaftlari esa osilib turadi. Pay reflekslari tekshiriladigan bolg`acha bilan Axillov payiga sekin urilsa, oyoq kafti to`piqdan yoziladi. Bu hodisa boldirning uch boshli muskuli qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Buni ikkinchi oyoqda ham sinab ko`rilib, har ikkala oyoq reflekslari qiyoslanadi. Bu refleks reflektor yoyining markaziy neyronlari orqa miyaning 1–2 dumg`aza segmentlari balandligida joylashgan.