Amaliy mashg’ulоt №3
Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. Xotira hajmini aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi: Oliy nerv faoliyatining tiplarini aniqlash.
Berilgan to‘rt fikrdan birini tanlab, jadvaldagi o‘sha harfga (+), qolganlariga (-) qo‘yiladi. Hamma (10 ta) fikrlardan o‘zingizga taalluqlisini belgilaganingizdan so‘ng qaysi qatorda ko‘p (+) bo‘lsa, o‘sha sizning temperamentingiz hisoblanadi. Savollar varaqasini o‘qishdan oldin o‘zingizga javoblar varaqasini chizib oling.
Savollar Javoblar
t/r 1 2 3 4
1 A B V G
2 V A G B
3 B G A V
4 V G B A
5 A V B G
6 V B A G
7 B G V A
8 G B V A
9 A G B V
10 A V B G
Jami (+)
Savollar varaqasi
1. A — kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turadi, xursandchilik tezda xafagarchilikka ham aylanishi mumkin, achchig‘ingizni chiqarish oson.
B — doimo xushchaqchaqsiz va shu kayfiyatingiz odamlarga o‘tib turadi.
V — hamisha kayfiyatingiz bir xil, achchig‘ingizni chiqarish qiyin.
G — mudom kayfiyatingiz yomon, sizni kuldirish qiyin.
2. A — chaqqon va harakatchansiz.
B — sekin va past ovozda gapirish yoqadi.
V — tez va shoshilib fikringizni bildirishni xohlaysiz.
G — sekin va baland ovozda kam harakat bilan gapirasiz.
3. A — agar ishingiz yurishmasa ham boshlagan yo‘lingizdan qaytmaysiz va boshqa yo‘lni izlaysiz.
B — ishingiz yurishmasa, tashlaysiz va boshqa yo‘lni izlaysiz.
V — ishingiz yurishmasa, xafa bo‘lasiz va tashlab yuborasiz.
G — ishingiz yurishmasa, u yodingizdan chiqadi va davom ettirasiz.
4. A — tez charchaysiz.
B — ko‘p va oxirigacha yetkazib ishlaysiz
V — yutuq bo‘ladigan ishni yaxshi ko‘rasiz.
G — har qanday ishni bajarasiz, ko‘pincha faollik qilasiz.
5. A — tanbehni yoqtirmaysiz, bahslashasiz.
B — tanbehni jim tinglaysiz, lekin yana xato qilasiz.
V — tanbehni diqqat bilan tinglab, tuzatasiz.
G — tanbehni eshitib xafa bo‘lasiz, lekin bahslashmaysiz.
6. A — ishlashdan oldin reja tuzib, keyin ishni boshlaysiz.
B — agar ishda qiyinchilik bo‘lsa, tezda moslashasiz (shu ishga).
V — ishga tez kirishasiz, lekin keyin qiyin bo‘lsa, tuzatasiz.
G — ishni boshlashdan oldin o‘ylaysiz, yoqmasa, ishlamaysiz.
A — bir qarorga kelishdan oldin o‘ylaysiz, hayajonlanasiz.
B — bir qarorga kelishdan oldin o‘ylamaysiz.
V — bir qarorga kelishingiz qiyin.G — bir qarorga tez kelasiz.
8. A — muloqotda muloyim, taktikali, hozirjavobsiz.
B — muloqotda boshlovchi, chaqqonlikni yaxshi ko‘rasiz.
V — muloqotni unchalik xush ko‘rmaysiz, bir o‘zingiz bo‘lsangiz yaxshi.
G — yolg‘izlikni yomon ko‘rasiz, muloqot uchun doimo kishi izlaysiz.
9. A — xafachilikdan qattiq ranjiysiz, lekin tezda unutasiz.
B — xafachilikdan qattiq ranjiysiz, tez unuta olmaysiz, boshqalarga bildirishni yomon ko‘rasiz.V — xafachilikni tez unuta olasiz.
G — xafachilikni optimistik ravishda qabul qilasiz, tez unutasiz.
10. A — hazilni, hazil qilishni yaxshi ko‘rasiz.
B — hazilni yaxshi ko‘rasiz, faqat eng yaqin kishingiz bilan.
V — bo‘lar-bo‘lmas hazil qilasiz, lekin odamlar buni tushunmaydi.
G — hazil qilishni ham, hazilni ham unchalik yoqtirmaysiz.
Dostları ilə paylaş: |