Tajriba o‘tkazish tartibi. Ko‘rish maydoni Forster perimetri yordamida aniqlanadi. Perimetr yorug‘lik qarshisiga o‘rnatiladi. Tekshiriluvchi yorug‘likka nisbatan orqa tomoni bilan o‘tirgach, perimetr shtativining o‘yilgan joyiga iyagini qo‘yadi. Agar chap ko‘zning ko‘rish maydoni aniqlanadigan bo‘lsa, iyak taglik (podstavka)ning o‘ng qismiga qo‘yiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda ko‘z kosasining pastki chegarasi shtativning yuqori chegarasiga to‘g‘ri kelsin. Tekshiriluvchi nigoh perimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgani holda, ikkinchi ko‘z qo‘l bilan yopilishi kerak
Perimetr yoyi gorizontal holatga qo‘yilib, o‘lchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi bo‘ylab 90° dan 0° ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani ko‘rayotganini aytish kerak. Tekshiruvchi to‘g‘ri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Ko‘zning qancha ko‘p meridiani bo‘yicha ko‘rish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq bo‘ladi. Bu usulni egallab olish uchun 2 ta asosiy meridian: gorizontal (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) bo‘yicha aniqlash bilan chegaralanish mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang ko‘rish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani ko‘rMNSdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Ko‘rish maydonini ko‘k yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |