Ishni bajarishga doir tavsiyalar: Tajriba natijasini quyidagi shaklda daftarga yozing:
Tekshiriladigan ko‘z
|
Ko‘rish o‘tkirligi
|
o‘ng
|
|
chap
|
|
Normal ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi bilan taqqoslab xulosa chiqaring
Golovin jadvali
KO‘RISH MAYDONINI ANIQLASH
Ko‘z bir nuqtaga qarab turganda, atrofdagi ko‘zga ko‘rinayotgan maydoni ko‘rish maydoni deb ataladi. Odamlarda ko‘rish maydon har xil bo‘lib, bu ko‘z soqqasining formasiga, uning joylanish chuqurligiga, qosh usti yoyi va burunning shakliga hamda to‘r qavatning funksional holatiga bog‘liq. Rang (xromatik) va rangsiz (axromatik) ko‘rish maydoni farqlanadi. Axromatik ko‘rish maydoni xromatik ko‘rish maydonidan katta bo‘ladi, chunki axromatik ko‘rish to‘r qavatning asosan chet (periferik) qismida joylashgan tayoqchalarning faoliyati bilan bog‘langan. Har xil ranglar uchun ko‘rish maydoni bir xil bo‘lmay, balki sariq rang uchun eng katta, yashil rang uchun esa eng tor. Axromatik ko‘rish maydonining chegarasi quyidagicha: tashqaridan — 100° gacha, ichki va yuqoridan — 60° va pastdan — 65° (75-rasm).
Axromatik va xromatik ko‘rish maydonining perimetrik surati.
SHartli belgilar: 1) oq-qorani ko‘rish maydoni; 2) sariq rang uchun ko‘rish maydoni; 3) ko‘k rang uchun ko‘rish maydoni; 4) qizil rang uchun ko‘rish maydoni; 5) yashil rang uchun ko‘rish maydoni.
Ish anjomlari: Forster perimetri, har xil rangli markalar (belgilar), sirkul, chizg‘ich, rangli qalamlar.
Dostları ilə paylaş: |