Ko‘payishi: Tuxum xujayra otalangandan keyin bachadonning oldingi qismida rivojlanib boradi. U yerda rivojlanib embrionning taraqqiy etishi ona organizmidan o‘tganligi uchun (baliq) toshbaqalarning embronal rivojlanish davriga o‘xshash bo‘ladi. 1 yoshdagi yoki 2 yoshdagi lichinkalar to‘liq shakllangandan keyin tashqi muxitga chiqadi. Baʼzilari tirik tug‘adi. .Lichinka aktiv xarakati va o‘z xujayinini tez topadi. Superparazitlarda 2 yoshdan keyingi lichinkalari invazion lichinkalar deb ataladi, o‘z xujayinlarini topadi. Tashqi muxitni sezuvchi reseptorlar nerv retseptorlarni xosil qiladi va normal xayot kechirishini taʼminlaydi. Ular sezuvchi xujayralar orqali (termo tangoreseptor) bilan tashqi muxit bilan aloqada bo‘ladi. Baʼzi urg‘ochilarda tuxum xaltasi bo‘ladi. Endoparazitlarda dastlab paydo bo‘lgan samkalar partonogenez usuli bilan ko‘payadi. Fitonematodalar serpusht xayvonlar sanaladi. Bular 1,5 ming tadan 2000tagacha tuxum qo‘yish qobilyatiga ega. Fitonematodalar mutonosibligi erkagi tabiatda juda kam 1 ga 7-8 nisbatda uchraydi.M: bitta erkak nematodaga 7-8 urg‘ochilari tug‘ri keladi.Bazida tuproqda 1erkak nematodaga 100 urg‘ochi nematoda to‘g‘ri keladi.Urg‘ochilari ko‘pligi uchun tabitda juda ko‘p tarqalgan.ko‘pgina turlar kosmopolit turlar deyiladi yoki geografik ubikvativ turlar deb ataladi. Endem turlari maʼlum bir muddatda yashaydi. Germafroditizm yaqqol ko‘rinishda 1 organizmda ham erkaklik ham urg‘ochilik jinsiy sistemani joylashganini ko‘rishimiz mumkin (dengiz nematodalari yaʼni baʼzi erkin yashovchilar.)Fitonematodalarda lichinka xosil bo‘lgan davri postembrional taraqqiyot davrining boshlanganligidan dalolat beradi. Shundan keyin u erkin bir individ sifatida tabiatda xayot kechiradi. O‘zining arealiga ega bo‘ladi. Embrional va postembrional davrlarida parazitlar lichinkalarining tuzilishi bir-biridan tubdan farq qilinadi. Ildizning o‘suvchi qismidan stimulyator ajraladi va nematodalarni chaqiradi.Erkaklari tuproqda juda kamdan kam topiladi.Baʼzi bir nematodalarning ko‘payishi va rivojlanishi davrida lichinkalarining tana shakli o‘zgarib boradi. Bunday nematodalarga bo‘rtma nematodalarini misol qilishimiz mumkin (7.2.-rasm).
7.2.-rasm. Bo‘rtma nematodasining erkak va lichinkalarining tuzilishi
a – erkak nematodaning umumiy ko‘rinishi; b, v – erkak nematodaning ol-dingi va keyingi tana qismlari; g – lichinkaning umumiy ko‘rinishi;
1–bosh; 2–stilet; 3–bulbus; 4–urug‘don; 5–yon chiziqlar; 6– kuyukish organi–spikula; 7–klaoka;
Bo‘rtma nematodasi o‘z rivojlanishi davomida to‘rtta lichinkalik davrni o‘tkazadi. Birinchi lichinkalik davri tuxum ichida boradi va so‘ngra po‘st tashlab ikkinchi rivojlanish davriga ko‘chadi. Shundan so‘ng tuxum po‘stini yorib tashqariga, yaʼni tuprodda o‘tadi. Shu vaqtda lichinka tana uzunligi 0,4-0,5 mm kattalikdagi chuvalchang xisoblanib, uning bulbusi; nayzachasi, qizilo‘ngachi kabi organlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tuprodqa tushgan ikkinchi davrdagi lichinka vertikal va gorizontal xarakat qilib, o‘simlik il-dizini axtaradi. Agar lichinkaga mos keladigan o‘simlik uchrasa, bosh qismi bilan ildiz ichiga kirib olib, fermentlar ishlab chiqara boshlaydi. Ildizning shu joyida to‘rt-oltitagacha nihoyatda katta (gigant) hujayralarni hosil qiladi va o‘simlik shirasi bilan ovqatlanib tezda yo‘gonlashadi. ,Shu davrda ovqat hazm qilish organi yaxshi rivojlanadi va turli muskullari yo‘qoladi, natijada tanasining oldingi qismigina harakatchan bo‘ladi. Bu lichinka po‘st tashlab rivojlanishning uchinchi davriga o‘tadi.
Lichinka, rivojlanishining to‘rtinchi po‘st tashlash davriga qadar ovqatlanmaydi. Uchinchi rivojlanish davridagi lichinka yanada yo‘g’onlashadi va tashlagan po‘stidan batamom qutulmagan holda qayta po‘st tashlashga kirishib, to‘rtinchi rivojlaiish davriga o‘tadi. Keyin oxirgi marta po‘st tashlab voyaga yetgan nematodaga aylanadi. Lichinka erkak nematodaga aylanishda po‘st tashlashi oldidan ko‘proq bo‘yiga cho‘zilib, chuvalchang shakliga kiradi. Voyaga yetgan erkak nematoda po‘stini yorib yerga yoki o‘simlik to‘qimasiga tushadi, keyin urgochisini qidirib topib u bilan juftlashadi va uruglanish hodisasi yuz beradi. Voyaga yetgan erkak nematoda ovqatlanmaydi, juftlashishdan so‘ng halok bo‘ladi (7.3., 7.4.-rasm).
7.3.-rasm O‘simliklarning ildiz sistemasida bo‘rtmalarning shakllanishi
a– invazion lichinkaning ildizga kirgungacha bo‘lgan davri; b– ildiz to‘qimalari orasiga kirib olgan invazion lichinka; v – zararlanib yiriklashgan ildiz qismi; g – jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi va erkak bo‘rtma nematodalari xosil qilgan ildiz bo‘rtmalari; d – ildizdan tuproqqa chiqqan erkak nematoda; ye – tuxumdan chiqqan lichinka;
7.4.-rasm. Ildiz bo‘rtma nematodasi urg‘ochilarining rivojlanishi
a-ikkinchi lichikalik davri, b-uchinchi lichinkalik davri, v-to‘rtinchi lichinkalik davri.
A B V
Voyaga yetgan urgochi nematoda tuxum quyish oldidan jinsiy aʼzosidan shilimshiq, tomchi chiqaradi, bu shilimshiq moda qotib tuxum xaltachasini hosil qiladi, tuxum mana shu xaltachaga tushadi. Xaltacha dastlab o‘simlik to‘qimasi orasida bo‘ladi, keyinchalik undagi tuxum ko‘paygan sari kattalashib to‘qimani yemirib tashqariga chiqib qoladi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar xaltachani yorib yerga tushadi va ildizlarni shikastlashga kirishadi. Natijada o‘simlik ildizida har xil kattalikda bo‘rtmalar hosil bo‘ladi.
Bo‘rtma nematodasi serpusht bo’lib, har sutkada 10-l5 ta tuxum qo‘yadi. Har bir tuxum xaltachada 300-400 tagacha tuxum bo‘lib, urg’ochi nematoda o‘z xayoti davomida 3000 tagacha tuxum quyadi. Bo‘rtma nematodasi xavo haroratiga bog‘liq sholda 24-45 «kunda tuliiq rivojlanadi. Ular 25-30° haroratda tez rivojlanadi.
Surxondaryoda 7 avlod beradi shimoliy rayonlarda 5 martagacha avlod beradi mumkin. Bu esa iqlim sharoitimizning iliqligi bilan bog‘liq. Ekologik faktorlar, trofik muhitning etarli bo‘lishi fitonematodalar postembrional taraqqiyotiga ijobiy taʼsir etadi. O‘simlik turlarining navlarining taʼsiri xam katta bo‘ladi. Parazit nematodalarga qarshi kurash 19 asrda boshlangan.
Topshiriqlar
1.Urg‘ochi va erkak ildiz bo‘rtma nematodalarining tuzilishini o‘rganish.
2.Ildiz bo‘rtma nematodasi misolida fitonematodalarning ko‘payishi
3.Tirik tug‘ish va uning fitogelmintlar hayotidagi ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |