Amaliy mashg`ulot №2



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/5
tarix08.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#94993
1   2   3   4   5
4-Amaliyot

Ferrit – (F yoki Feα) - bu uglerodni alfa temirdagi - Feα (suqilib kirgan, singdirilgan) qattiq eritmasi (Feα(С)) (2-rasm). Bunda uglerodning miqdori uy haroratida ~0,006% ga, 7270S da 0,025% ga teng. Bunga texnik temir deyiladi. Cho‘zilishga qarshiligi σв=250-300 MPa, nisbiy uzayishi ν=40-50%, qattiqligi НВ=80-100, zarbiy qovushqoqligi КС=20-30 kgm/sm2.

2-rasm. Singdirilgan qattiq qotishma: a- barcha kovakchalari to‘ldirilgan kristall panjara;
b- austenitning kristall panjarasi.


Perlit (P) - tarkibida 0,8% uglerod bo‘lgan ferrit va sementitning mexanik aralashmasi. Perlit plastikasimon va donasimon bo‘lishi mumkin. Bu sementitning shakliga (plastinka yoki donalarga) bog‘liq bo‘lib, perlitning mexanik xossalarini belgilaydi. Xona temperaturasida donali, ya’ni donali perlitning mustahkamlik chegarasi σв=800 MPa ga, nisbiy cho‘zilishi δ=15%, qattiqligi НВ 160 ga teng.
Perlit quyidagicha hosil bo‘ladi. Sementit plastinkasi yoki austenit donasi chegarasida o‘sa boshlaydi, yoxud metallmas aralashma kristallanish markazi bo‘lib hisoblanadi. Bunda qo‘shni qismlarda uglerod kamayadi va ularda ferrit hosil bo‘ladi. Bu jarayon sementit va ferritning parallel plastinkalari va donachalaridan tashkil topuvchi perlit donasi hosil bo‘lishiga olib keladi. Qancha yirik sementit ajralib chiqsa perlitning mexanik xossalari shuncha yomonlashadi.
Austenit (А yoki γFe) - uglerodning γ - temirga singdirilgan qattiq eritmasi. U temir-uglerodli qotishmalarda, faqat yuqori temperaturalardagina mavjud bo‘la oladi. Uglerodning γ - temirdagi eng ko‘p eruvchanligi 11470C da bo‘lib, 2,14% ga teng. 7270C da esa 0,8 % ga teng. Bu temperatura Fe-C li qotishmalarda austetitning barqaror mavjud bo‘lishligini pastki chegarasidir. Austenitning qattiqligi НВ=160-200 va mustahkamligi σv = 370-450 МPа, plastikligi juda yuqori δ=40-50%. Austenit yoqlari markazlashgan kub kristall panjaradan iborat bo'lgan faza hisoblanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin