Amaliy mashg`ulot. Bozor sharoitida narx belgilash tamoyillari Topshiriq Masala



Yüklə 11,71 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü11,71 Kb.
#210679
Amaliy mashg`ulot Bozor sharoitida narx belgilash tamoyillari


Amaliy mashg`ulot. Bozor sharoitida narx belgilash tamoyillari


Topshiriq 1. Masala
Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana
savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: mahsulotlar tannarxi –
500 so’m; ulgurji savdo xarajatlari – 100 so’m; Chakana savdo xarajatlari – 150 so’m. Taqsimlash kanallari har birlarining foydasi tovar tannarxining 20%iga teng. Xaridor tovarni qanday narxda sotib oladi?


Topshiriq 2. Masala
Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana
savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: tovar tannarxi – 1 000
so’m, ulgurji savdo xarajatlari – 100 so’m, chakana savdo xarajatlari – 200 so’m.
Taqsimlash kanalining har bir qatnashchisi foydasi tovar tannarxi 15%, 18% va 20% ga teng. Xaridor tovarni qanday narxda sotib oladi?


Topshiriq 3.
«Sof» monopolist o‘z tovari narxini cheksiz oshirishi mumkin, chunki u tarmoq-dagi yagona ishlab chiqaruvchi. Uning tovariga talab mutlaq noelastik, uning egri chizig‘i vertikal shaklda. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi?


Topshiriq 4. Masala
Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma chakana
savdo firmasi, xaridor tizimidan quyidagilar ma’lum bo’lsin: ulgurji savdo xarajatlari – 150 so’m, chakana savdo xarajatlari – 200 so’m, taqsimlash kanallarining har bir qatnashchisi foydasi tovar tannarxining 20% ga teng. Xaridor tovarni 1330 so’mdan sotib oldi. Tovar tannarxi necha so’m?


Topshiriq 5. Masala
Bozorda bir tovarga bo’lgan talab 3 – mahalla tomonidan shakllanadi.
1- mahallaning talab funktsiyasi: P = 10 – 0,5 Q
2- mahallaning talab funktsiyasi: P = 9 – 0,5 Q
3- mahallaning talab funktsiyasi: P = 5 – 0,25 Q ko’rinishida berilgan. Bu tovarning taklif funktsiyasi esa Qs = 21 P formula bilan berilgan. Bu erda Q – miqdor (donada) P – narx (so’mda). Tovarning muvozanat narxi va muvozanat miqdori qanday o’zgaradi.


Topshiriq 6. Masala
Bozorda tovarga bo‘lgan talab va taklif funksiyalari Qd = 6000 - p va Qs = 3000+2p bilan berilgan. Bu yerda Qd - talab funksiyasi (mln donada), Qs - taklif funksiyasi (mln donada)
a) Muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang;
b) Agar bu tovar narxi 2000 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa qanday holat yuzaga keladi;
c) Agar bu tovar narxi 4000 so‘m qilib belgilangan bo‘lsa qanday holat yuzaga keladi;
d) Har bri sotilgan mahsulot uchun 200 so‘m soliq kiritilgan bo‘lsa, shundan so‘ng bozordagi holatni tahlil qiling
e) Soliqdan davlat qancha daromad qiladi? Sotuvchilar va xaridorlar to‘laydigan soliq miqdorini aniqlang.
Yüklə 11,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin