Qisqa nazariy ma`lumotlar
Arduino
— noprofessional foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan oddiy
avtomatika va robototexnika tizimlarini qurish apparat-dasturiy vositalarning
savdo
markasi
hisoblanadi. Uning dasturiy ta`minoti bepul dasturiy qobiq
(IDE)
dan iborat
bo`lib, dasturlarni yaratish va apparaturani dasturlash uchun mo`ljallangan.
Arduino
ning apparat ta`minoti pechatlab o`rnatilgan plata bo`lib, rasmiy ishlab chiquvchi va
boshqa ishlab chiquvchilar tomonidan sotiladi.
Arduino Uno
(2.1-rasm) –
ATmega328
mikrokontrolleri asosida ishlangan
qurilma hisoblanadi. Uning tarkibida mikrokontroller bilan ishlash uchun zarur barcha
tarkibiy qismlar mavjud.
2.1-rasm.
Arduino Uno
qurilmasi
1-Elektr manba ulanish porti;
2-
USB
interfeys;
3-Tashlab yuborish tugmasi;
4-14 ta raqamli kirish/chiqish portlari, ulardan 6 tasi
KIM
(keng impul’sli
modulyatsiya)-chiqish porti sifatida ishlatilishi mumkin;
5-Ichki sxemalarni dasturlash uchun ulanish (
ICSP
);
6-
16 MGts
li kvartsli rezonator;
7-6 ta analogli kirish porti;
8-
GND
- заземление.
Qurilma bilan ishlashdan oldin uni
AC/DC
-adapteri yoki elektr batareyaga
manbasiga yoki
USB
-kabel orqali kompyuterga ulash zarur.
Dostları ilə paylaş: