LEDs
q/
void setup() {
// set up pins
2
to
8
as outputs
for (int i =
2
; i <
8
; i++) {
pinMode(i, OUTPUT);
}
}
// function to switch all LEDs off
void allLEDsOff(void)
{
for (int i =
2
; i <
8
; i++) {
digitalWrite(i, LOW);
}
}
void loop() {
// move on LED to the right
for (int i =
2
; i <
8
; i++) {
allLEDsOff();
digitalWrite(i, HIGH);
delay(200);
}
// move on LED to the left
for (int i =
7
; i >
1
; i--) {
allLEDsOff();
digitalWrite(i, HIGH);
delay(200);
}
}
Dasturni
Arduino
ga yuklang va agar tuzilgan zanjir to`g’ri bo`lsa ushbu dastur
ishini boshlaydi va yorug’lik diodlari ketma-ket yonib-o`chishni boshlaydi.
Shuni ham aytish mumkinki, dastur kodini o`zgartirish orqali yorug’lik diodlarni
yonib-o`chish ketma-ketliklarini boshqarish mumkin.
3.2-rasm. Yorug’lik diodlari ketma-ket yonib-o`chishi
Ishni bajarish tartibi
1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida 1 ta “Arduino
Uno”ga yorug’lik diodlarini ulab yig’adi.
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Mashg’ulotning maqsadini ayting.
2.
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlarni sanab o’ting.
3.
Yorug’lik diodlarni Arduinoga ulash printsipial elektr sxemasi zanjirini
yig’ishni tushuntiring.
4.
Dasturni yuklash tartibini tushuntiring.
Amaliy mashg’ulot
«Arduino Uno» mikroprotsessori yordamida temperaturani boshqarish jarayonini
o`rganish
Mashg’ulot maqsadi
: Talabalarda «Arduino Uno» mikrokontroller platasi va
harorat datchigi yordamida haroratni o`lchash va boshqarish ko`nikmalarini
shakllantirish.
Amaliy mashg’ulotni bajarish davomida quyidagilar o`rganiladi
:
•
MCP 9700
harorat datchigining tuzilishi va ishlash printsipini;
• datchikni mikrokontrollerga ulashni;
• datchikni ishlatuvchi dasturni tuzishni;
• datchik yordamida haroratni o`lchashni va boshqarishni.
Qisqa nazariy ma`lumotlar
MCP 9700
harorat datchigi (4.1-rasm) hech qanday qo`shimcha qurilmalarni
ulamasdan bevosita haroratni o`lchash imkonini beruvchi datchik hisoblanadi. Datchik
quyidagi xarakteristikalarga ega (4.1-jadval):
4.1.-rasm.
MCP 9700
datchigi
4.1-jadval.
MCP 9700
datchik xarakteristikasi
Xarakteristika nomi
Qiymati
Kuchlanishga nisbatan haroratning o`zgarishi
10mV/°C
0°C dan +70°C gacha bo`lgan oraliqda asbobning aniqligi
± 4 °C
-40°C dan +150°C gacha bo`lgan oraliqda asbobning aniqligi
-4°C/+6°C
Iste`mol kuchlanishi
2.3 V dan
5.5 V gacha
O`lchash chegarasi
-40°C ÷
+150°C
|