Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Microsoft Access interfeysi bilan tanishish. Ma’lumotlar bazasi
tashkil qilish
Ishning maqsadi. Ma’lumotlar bazasi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, doska
va boshqalar;
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
Nazariy qism:
Ma’lumotlar ombori va boshqarish tizimlari haqida tushuncha
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi.
Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal
qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash
jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur
texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir
strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar
majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va
ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun
ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan
qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan
bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: Ierarxiv (shajara) model–
bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi
yozuvdir; Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada,
tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q; Relyatsion (o‘zaro bog‘langan)
model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ma’lumotlarni
ikki
xil
usuldan
foydalanib
olish
mumkin.
Bular
tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |