Toksoplazmalar (Toxoplasma) urug'iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi. Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o'tib, undan 2 ta sporali ootsista – sporozoitlar hosil bo’lishi bilan tugaydi. Parazitni dastlab 1908-yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilarda aniqlashgan.
Toksoplazmalarning rivojlanishi xo'jayin almashtirish bilan boradi, ya’ni mushuklar parazitning asosiy xo'jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa parazitning oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Umumiy po'st bilan o'ralgan merozoitlar to'plami sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar so'lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo'ladi. Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jarohatlangan joylaridan ham o'tishi mumkin. Sutemizuvchilarda esa toksoplazmalar yo'ldosh orqali ona organizmidan embrionga o'tadi. Ayrim hollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin. Toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi faqat mushuklar organizmida o'tadi. Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o'zlariga yuqtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo'lganidek, jinsiy ko'payish va sporotsistalar hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalarning rivojlanishida jinssiz ko'payish ustun turadi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo'zg'atadi. Toksoplazmalar odamga ovqat mahsulotlari (go'sht, sut, tuxum) va kasal uy hayvonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o'tib, me’da-ichak yo'llariga tushadi. Parazitlar ichak devorlarini teshib, limfa va qon tomirlari orqali turli organlar (bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, niushak va bosh.) hujayralari sitoplazmasida rivojlanib, to'qimalami yallig'lantiradi.
Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta’sir ko'rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok bo'lishi mumkin.Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuk katta o'rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko'zning shikastlanishiga sababchi bo'ladi. Odam va boshqa sutem izuvchilar embrioni ona qomida toksoplazmoz bilan zararlanganda, tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og'ir jarohatlanadi.