Amaliy mashg’ulot SHAXSNING KOMMUNIKATIV VA TASHKILOTChILIK QOBILIYATLARI (KTQ)NI O’RGANISH USULI. SHaxsning tashqilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarini diagnostika qilish metodikasi psixologik tashxisda va katta sinf o’quvchilariga kasbiy maslahat berishda keng qo’llanadi,
Tadqiqotni o’tkazish uchun KTQ savolnomani va javob varaqasini tayyorlash keraq, Tadqiqotni individual va guruhda o’tkazish mumkin.
Tekshiriluvchilarga javob varaqalarini tarqatib bo’lgach instruktsiyani o’qib berish kerak.
Quyida keltirilgan tasdiqlarni yaxshilab o’qib chiqing va bu tasdiqlarga rozi bo’lsangiz: «+» belgisini, agar rozi bo’lmasangiz «-» belgisini qo’ying. Noaniq savollarni suiste’mol qilmaslikka harakat qiling. Har bir detal ustida uzoq o’ylamasdan, aniq holatlarni ko’z oldingizga keltiring. Javob uchun ko’p vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering. Savrllarni koldirmasdan, tartibi bilan javob bering. To’g’ri va samimiy javob bering. O’z javoblaringizni aniq tabavvur etishga harakat qilmang, ular xaqiqiy bo’lishi lozim. Har bir savolga berilgan javob alohida ko’rib chiqilmaydi, bizni faqatgina umumiy ko’rsatkichlar qiziqtiradi.
KTQ savolnomasi Har doim muloqotda bo’lib turadigan do’stlaringiz ko’pmi?
Do’stlaringizning ko’pchiligini o’z fikringizni qabul qilishga og’dirib olasizmi?
Do’stlaringizdan biri sizni ranjitsa uzoq vaqt hafa bo’lib yurasizmi?
Hosil bo’lgan keskin vaziyatda har doim ham yo’l topishga qiynalasizmi?
Har xil kishilar bilan tanishishga sizda intilish bormi?
Jamoat ishlari bilan shug’ullanish sizga yoqadimi?
Sizga odamlar ichida bo’lishdan ko’ra kitob mutolaa qilish, yoki boshqa ishlar bilan vaqt o’tkaz ish yoqadimi?
Ko’zlagan maqsadlaringizni amalga oshirishda to’siq bo’lsa, siz ulardan osongina voz kechasizmi?
O’zingizdan katta yoshdagi kishilar bilan oson muomalaga qirisha olasizmi?
Siz o’z do’stlaringiz bilan qiziqarli o’yinlar va vaqtihushliklar o’ylab topish va tashkil qilishni yaxshi ko’rasizmi?
Siz uchun yangi bo’lgan davraga kirishib ketishingiz qiyinmi?
Bugungi qilinadigan ishlarni ko’pincha boshqa kunga qoldirib turasizmi?
Notanish odamlar bilan muomalaga kirishish siz uchun oson bo’ladimi?
Do’stlaringiz sizning fikringiz bilan ish tutishlarini xohlaysizmi?
Yangi jamoaga o’rganish sizga qiyinmi?
Do’stlaringiz o’zilariga olgan majburiyatlarini bajarishmasa siz va ular o’rtasida kelishmovchilik chiqmasligi rostmi?
Qulay vaziyat bo’lib qolsa siz yangi qishilar bilan tanishishga va suhbatlashishga intilasizmi?
Muhim ishlarni bajarishda tashabbusni ko’pincha o’z qo’lingizga olasizmi?