5.1. Test topshiriqlari. 1. Talabning elastikligi quyidagicha aniqlanadi: a) talab qilinayotgan miqdor o’zgarishining narx o’zgarishiga nisbati orqali;
b) narx o’zgarishining talab qilinayotgan miqdor o’zgarishiga nisbati orqali;
v) miqdorning foiz o’zgarishini narxning foiz o’zgarishiga nisbati orqali;
g) talab egri chizig’i orqali;
d) talab egri chizig’i orqali.
2. Tovarning narxga bog’liq talab elastikligi 0.5 ga teng bo’lsa, bunda: a) narxning har qanday o’zgarishi talabni 50 %ga o’zgartiradi;
b) talab qilinayotgan miqdorning 1% o’sishiga narxning 0.5 % kamayishiga mos keladi;
v) talab qilinayotgan miqdorning 1% o’sishiga narxning 2% o’sishi mos keladi;
g) narxning 0.5 o’zgarishi, talabni ham xuddi shu miqdorda o’zgartiradi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy haqini to’lash bo’yicha davlat tomonidan o’rnatiladigan nazorat odatda quyidagi holatga olib keladi: a) nazorat o’rnatilgan hududlarda berilgan uy-joylarning sifati yomanlashuviga;
b) berilgan uy-joylar sifatining oshishiga;
v) uy-joy tanqisligini doimiylikdan vaqtinchalikka aylantiradi;
g) to’g’ri javob keltirilmagan.
d) taklif qilinayotgan uy-joylarning ko’payishiga;
4. Sotuvdan olinadigan soliq: a) ishlab chiqaruvchilar tomonidan to’lanadi;
b) haridorlar va sotuvchilar birgalikda to’laydi;
v) davlat va haridorlar birgalikda to’laydi;
g) yuqoridagilarning barchasi noto’g’ri.
d) haridorlar tomonidan to’lanadi;
5. Narx bo’yicha talabning umumiy elastikligi uni tashkil etuvchi individual talab elastikligidan: a) kam;
b) yuqori;
v) bir xil;
g) mutanosiblik yo’q;
d) aniqlash uchun ma’lumot etarli emas.
6. Narx bo’yicha taklif mutloq elastik bo’lgani holda, ishlab chiqaruvchidan sotilgan har birlik mahsulot uchun belgilangan soliq olinsa, u holda: a) muvozanat narx ko’tariladi;
b) muvozanat sotuv hajmi kamayadi;
v) iste’molchi ortiqchaligi kamayadi;
g) sotuvchilar ortiqchaligi kamayadi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan;