Amaliy mashG’ulotlar materiallari 1-Amaliy mashg’ulot mikroskopning tuzilishi. Mikroskop bilan ishlash qoidalari. Ishdan maqsad



Yüklə 247,36 Kb.
səhifə1/2
tarix01.12.2022
ölçüsü247,36 Kb.
#71792
  1   2
1-Amaliy mashg\'ulot


AMALIY MAShG’ULOTLAR MATERIALLARI
1-Amaliy mashg’ulot
MIKROSKOPNING TUZILISHI. MIKROSKOP BILAN ISHLASH QOIDALARI.
Ishdan maqsad: Zamonaviy mikroskoplarning tuzilishi va u bilan ishlash qoidalarini o’rganish
Kerakli jihozlar: mikroskoplar, plakatlar va slaydlar


Ishning mazmuni: Mikroskop optik asbob bo’lib, ko’rayotgan ob’ektni bir necha marta katta qilib ko’rsatadi. Bu vaqtda ikki optik tizim kombinatsiyasi, ya’ni ob’ektiv — manzaralar tizimi — birlamchi kattaligini bevosita ko’rsatadi va okulyar manzaralar tizimi —ob’ektiv beradigan tasvirni kattalashtirib ko’rsatadi: m: agar ob’ektiv 8 marta kattalashtirib ko’rsatayotgan tasvirni 7 okulyar bilan yanada kattalashtirib ko’radigan bo’lsak, biz tekshirayotgan obektni 56 marta (7x8) kattalashtirib ko’rayotgan bo’lamiz. Aytish joizki, mikroskopda tasvir teskari ko’rinadi. Shuning uchun agar preparatning o’ng tomonini ko’radigan bo’lsak, chapga, tepa tomonini ko’radigan bo’lsak, pastga qarab siljitishimiz kerak. Mikroskopda tasvir kattalashib ko’rilayotgani uchun preparatni ohista, yumshoq siljitish tavsiya etiladi. Aks holda kerakli joy ko’rish maydonidan chiqib ketadi.
Mikroskop asosan 3 qismdan iborat:
Mexanik qismga barcha qismlar kiradi, asosini esa mikroskop tayanchi (oyog’i) va shtativ tashkil etadi. Shtativ — mikroskopning mexanik qismini, yorituvchi optik linzalarni birlashtirib turadi. Asosiy qismi — oyog’i ko’proq taqasimon holatda bo’ladi va u mustahkam o’rnatish uchun qulaydir. Shtativ turli linzalarda turlicha shaklda bo’lib, asosiy vazifasi tubus va revolverni birlashtirishdan iboratdir. Tubusning yuqori qismida okulyar, pastki qismida esa ob’ektivlar joylashgan. Prizmatik qopchiq yarim sharsimon shaklda bo’lib, tubus vint bilan qotiriladi. Ilmiy tekshirish ishlarida stereoskopik tasvir olish uchun hamda har ikkala ko’z bilan kuzatishga mo’ljallangan binokulyar tubus ishlatiladi. Tubusni yuqoriga va pastga tushirish uchun makrovint va mikrovintdan foydalaniladi. Revolver tubusning pastki qismida joylashgan, 3 yoki 4 uyachasi bo’lib , ularga ob’ektivlar joylashadi va revolverni aylantirib, tez sur’atda turli kattalikdagi ob’ektivni almashtirish imkoniyati bor. Buyum stolchasi o’rganilayotgan preparat joylashtirib qo’yiladigan joy bo’lib, uning o’rtasi teshilgan va u tubus o’qiga to’g’ri keladi. Buyum stolchasi mikromexanizmning ustki qismi harakatchan va harakatsiz joylashadi. Stolcha ustida o’rganilayotgan preparatning qimirlab ketmasligi uchun prujinasimon plastinkali ushlagichlar (zajim-klemma)—fiksatorlar mavjud. Buyum stolchasi ostida yoritgich moslamalari bo’lib , uning tarkibiga ko’zgu va kondensor kiradi, ular yoritgich apparatining asosiy qismi hisoblanadi. Bu kondensor to’plagan yorug’lik nurlarini preparat tomon yo’naltirib turish uchun xizmat qiladi.
Mikroskopning optik qismiga revolverga burab qo’yiladigan ob’ektivlar va tubusga qo’yiladigan okulyarlar kiradi. Ob’ektivlar yon qismida ularni ancha katta qilib ko’rsatadigan sonlar bitilgan. Shunga ko’ra, ob’ektivlar kuchsiz, o’rtacha kuchli va o’ta kuchli bo’ladi. Okulyarlar ham kuchsiz (5,7), o’rtacha (8x) va kuchli (15x) bo’lib, ko’proq shu ko’rsatilgan holatda ishlatiladi. Mikroskop bilan ishlashdan oldin uni yaxshilab o’rnatib olish kerak.

Shundan so’ng ko’zguning botiq tomonini o’rnatib eng kichik ob’ektiv kondensor linzalari ustiga qo’yiladi. So’ngra quyidagilarni bajarish kerak:


1.Stolning chekkasiga mikroskopni yaxshilab o’rnatib, okulyarni ko’z bilan bir tekisda joylashtirish lozim.
2.Kuchsiz ob’ektivda yorug’likni topish uchun ko’zguni aylantirib, o’rganilayotgan maydonni bir tekisda yoritish kerak. Yorug’lik ko’zguni qamashtirmasligi lozim. 8x va 40x raqamli (quruq sistema) ob’ektivlar bilan ishlaganda botiq ko’zgudan, 90x raqamli (yog’li sistema) ob’ektiv bilan ishlaganda esa tekis ko’zgudan foydalaniladi.
3.Buyum stolchasiga preparatni joylashtirib, ob’ekt o’rnini stolcha teshigi bilan ob’ektiv to’g’risiga qo’yib klemmalar bilan qotirish kerak.
4.Makrovint yordamida fokus topiladi.
5.Preparat kuchsiz ob’ektivda kuzatiladi va kerakli darajada yaxshilab qotiriladi.
6.Mikroskop fokusini o’zgartirmay revolverni aylantirib, kuchsiz ob’ektiv kuchli ob’ektivga almashtiriladi. Kuchli ob’ektivning o’rniga tushganligini revolverning chiqillashidan bilish mumkin.
7.Makrovint yordamida ehtiyotlik bilan kuchli kattalikning fokusi topiladi va ko’zga moslashtirish uchun mikrovintdan foydalaniladi.
8.Preparat kuchli ob’ektiv mikrovintning oldinga va orqaga to’xtovsiz burish yordamida o’rganiladi. Mikroskopda, asosan, chap ko’z yordamida kuzatiladi, o’ng ko’z doimo ochiq bo’lishi lozim, chunki ko’z muskullari koordinatsiyalangan holda ishlaydi. Bir ko’zning muskuli qisqarganda, ikkinchisi ham shu holatga tushadi. Dastlab o’ng ko’z xalaqit berayotganga o’xshasada, keyinchalik moslashib boradi.
Ish tugagandan so’ng yordamchi apparat yordamida rasm chiziladi. Shundan so’ng ob’ektiv kuchsiziga o’tkazilib, preparat buyum stolchasidan olinadi. Kuchli ob’ektiv ostidan preparat olinmaydi, chunki u buzilib, ob’ektivni sindirishi mumkin. Kuchsiz ob’ektiv bilan ishlayotganda, kondensor pastga tushiriladi, kuchlisi bilan ishlaganda, yuqoriga ko’tariladi. Bu usul yordamida yorug’likning qulay holati topiladi va preparat detallari yaqqol ko’rinadi. Mikroskopning diafragmasi mikroskopik tuzilmalar kontrastligi yaqqol ko’ringuncha berkitilishi kerak.

Yüklə 247,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin