II . O’tilgan mavzularni takrorlash.
O’tgan darsda o’tilgan Qq tovushi va harflari asosida savol- javob qilish va o’quvchi-larning bilimlari tekshiriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi va bo’g’inlar beriladi, shu bo’g’inlardan so’zlar hosil qilinadi.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
Yangi mavzu o’quvchilarning fikrlarini tinglab, hayot bilan bog’lagan holda boshlanadi.
Ch tovushining talaffuzi mashq qildiriladi. Suhbat yordamida ch tovushining xususiyatlari aniqlashtiriladi.
Undosh tovushlar sirasiga kirishi aniqlanib, kungaboqarga yopishtiriladi. 50-betdagi bo’g’in, so’z va Chumchuq matni o’qib beriladi, izohlanadi.
cha, che, chi, cho, chu, cho’, ich, ech, och, uch, o’ch
choy cho’ - mich To’y - chi
chol cha – qa - loq Yol - chi
cha – na chu – mo - li Bar - chin
Choy - nak sich - qon ruch - ka
Chumchuq
Chumchuq --- kichkina qushcha .Erta –yu kech chirq -- chirq qilib
Sayraydi . U dam olmaydi . yemish qidirib tinmaydi .
Mehnat qilib topganing ----
qandu asal totganing .
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Chumoli chayon
Chana chelak
Kartochkalar orqasida rasmlar bo’lib, o’quvchilar uni oladi . Nomini topib, bugungi mavzuga bog’laydi .
V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish .
Bugungi darsda o’tilgan Chch tovushi yana bir bor eslatiladi va dars davomida qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Savol va topshiriqlar.
1. Yarim oval elementli kichik harflar guruhiga qaysi harflar mansub?
2. Yarim oval elementli kichik harflarni avval elementlarga bo’lib, so’ng to’liq holida 4 qatordan yozib chiqing.
3. Yarim oval elementli harflar qatnashgan so’zlardan 4 qatordan misollar yozing.
4. Kichik x harfini o’rgatish bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasini tuzing.
Dostları ilə paylaş: |