Savol va topshiriqlar. 1. Harf elementlarini o`rgatish uchun ko’rgazmalar tayyorlang.
2. Harf elementlarini yozuv daftariga yozing.
3. Harf elemntlarini yozishni o`rgatishda nimaga e`tibor qaratish kerak.
4. Harf elementlarini o`rgatishda “Anogramma” metodidan qanday foydalanish mumkin.
5. Harf elementlarini o`rgatishda qanday metodlardan foydalanish samarali bo`ladi.
Ilmoq elementli harflar guruhi bilan tanishtirish. Talabalarga ilmoq elementli kichik harflar, ularning elementlari, yozilish usullari haqida aytib yozadilar: i, u,n,mharf elementlarini yozadilar.
Kichik harflarning ilmoq elеmеntini yodga oldirish. Ilmoq elеmеntli kichik i harfini grafik jihatdan to`g`ri yozish talabalarga mashq qildiriladi.
Savol va topshiriqlar. 1. Ilmoq elementli harflarni o`rgatish uchun qanday ko’rgazmalar tayyorlash mumkin.
2 Ilmoq elementli harflarni yozuv daftariga yozing.
3. Ilmoq elementli harflarni o`rgatishda nimaga e`tibor qaratish kerak.
4. Ilmoq elementli harflarni o`rgatishda qanday metodlardan foydalanish mumkin.
5. Ilmoq elementli harflarni xattaxtada yozing.
5-MAVZU: Yarim oval va to‘liq oval elementli kichik harflar guruhi bilan tanishtirish. Mashg`ulot rejasi: 1. Tashkiliy qism.
2. Yarim ovalelementli harflar guruhi bilan tanishtirish va turlarga ajratish.
3. Yarim ovalelementli harflarini husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so’ng yarim ovalelementli harflarini xattaxtada yozishni mashq qildirish.
4. Talabalarning mavzuga oid bilimlarini savol-javob va topshiriqlar asosida mustahkamlash.
5. Mashg`ulotni yakunlash.