Amaliy matematika ” yo’nalishi 22-08-guruh talabasi Turg’unova Gulsanamning


-§. Bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli massivlarni yaratish va ularga murojaat qilish



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü267,06 Kb.
#208648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Massivlar. Bir o‘lchovli massivlar” tayyor

1.3-§. Bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli massivlarni yaratish va ularga murojaat qilish.
Dasturlash tillarida kompyuter xotirasiga bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to‘g’ri keladi. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo‘lishi kerak. Dasturlash tillarida ro‘yxat yoki jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar massiv deb ataladi. Massiv so‘zining ma’nosi o‘lcham, o‘lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo‘lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi.
C# bizga tanlash uchun 3 xil turdagi massivlarni beradi:
Bir o‘lchovli massiv. U faqat bitta qator maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, shuning uchun massivda saqlangan elementga bitta raqamli indeks (0, 1, 2, va hokazo) bilan kiriladi.
Ko‘p o‘lchovli massiv. Bir nechta ma'lumotlar qatorini o‘z ichiga oladi, shuning uchun uning indeksi qatorni aniqlaydigan va ustunni aniqlaydigan juft raqamlardan iborat bo‘ladi. Bunday massiv ko‘pincha to‘rtburchaklar massivi deb ataladi, chunki u sxematik tasvirlanganda to‘rtburchak shaklini oladi.
Qirrali massiv. Bu kichik massivlardan tashkil topgan massivdir (va bu kichik massivlar har qanday hajmda bo‘lishi mumkin).
Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo‘ladi.
Massiv tarkibida elementlar mavjud bo‘ladi. Massivning eng ko‘pi bilan ketishi mumkin bo‘lgan elementlar soni uning o‘lchamini bildiradi. Massivning elementi turgan o‘rni uning indeksi deyiladi. Massivning elementiga uning indeksi orqali murojaat qilinadi. Massivning indeksi sifatida butun sonlar xizmat qiladi. Har bir massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni bir xil nomdagi massivlar bo‘lmaydi. Ularning nomi oldin e’lon qilingan oddiy o‘zgaruvchi nomi bilan ustma-ust tushmasligi kerak.

Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin