Ta’rif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi. Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo‘ladi.
Odatda massivlar zarurat, katta hajmdagi tartiblangan, lekin chekli elementlarga oid masalalarni hal etishda yuzaga keladi. Dastur ishlatilishi davomida massivlar aniq nomga ega bo‘lishi va uning elementlari ma’lum bir turda bo‘lishi kerak. Bir o‘lchovli massivlar kompyuter xotirasiga quyidagi shaklda saqlanadi
Massiv tarkibida elementlar mavjud bo‘ladi. Massivning eng ko‘pi bilan ketishi mumkin bo‘lgan elementlar soni uning o‘lchamini bildiradi. Massivning elementi turgan o‘rni uning indeksi deyiladi. Massivning elementiga uning indeksi orqali murojaat qilinadi. Massivning indeksi sifatida butun sonlar xizmat qiladi. Har bir massiv o‘zining individual nomiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni bir xil nomdagi massivlar bo‘lmaydi. Ularning nomi oldin e’lon qilingan oddiy o‘zgaruvchi nomi bilan ustma-ust tushmasligi kerak.
Statik massivlarni e’lon qilishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
[]={boshlang’ich qiymatlar} Bunda {boshlang’ich qiymatlar} albatta bo‘lishi kerak. Misollar:
int []A={1,4,3,1};
string[] B = { “olma”, “gilos”, “anor”};
double[] C = { 0.005, 1.234, 12.5, 13.5, 10.6 };
Yuqoridagi massivlarda massivning o‘lchami uning initsializatsiya qismida qatnashgan elementlar soni bilan aniqlanadi. C# tilida xuddi C++ da bo‘lgani kabi element indeksi 0 dan boshlanadi. A[0] indeksli element 1 ga teng, B[1] indeksli element esa “gilos” ga teng va hokazo.
Aytib o‘tganimizdek, C# tilida massivlar xotiradan unumli foydalanish maqsadida massivlarni dinamik tarzda e’lon qilishga kelishib olingan. Dinamik tarzda massivni e’lon qilishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: