Foydalanuvchi kirishlarini saqlash: Foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan ma'lumotlar to‘plami sifatida ham massivlar qo‘llaniladi.Massivlar shuningdek, dasturlashning algoritmik tomonlarida, masalan, qidiruv algoritmlari, saralash algoritmlari va boshqalarda ham keng qo‘llaniladi. Ular dasturlashning eng asosiy va muhim tushunchalaridan biridir.
Massivlarning ta'rifi va e'lon qilish: C# tilida bir o‘lchamli massivlar quyidagicha e'lon qilinadi:
float tipidagi massiv:
Misol: float[] a = new float[5] { 4, -7, 15, 5.5f, 3 };
int tipidagi massiv:
Misol: int[] m = new int[6] { 2, -17, 6, 7, 13, -3 };
bool tipidagi massiv:
Misol: [] b = new bool[10]; // Barcha qiymatlar avtomatik ravishda false bo‘ladi
Massiv elementlariga murojaat: C# tilida massiv elementlariga quyidagicha murojaat qilinadi:
Misol:
a[1] = 10; // a massivining 1-indeksdagi elementiga qiymat berish
// a[2] ga qiymat kiritish uchun foydalanuvchidan ma'lumot olish
Console.Write("a[2] = ");
a[2] = float.Parse(Console.ReadLine());
Console.WriteLine("a[3] = {a[3]}"); // a massivining 3-indeksdagi elementini chiqarish
Massivni e'lon qilish va initsializatsiya qilish, to‘liq initsializatsiyalangan massiv: Misol:
int[] k = new int[5] { 2, 3, 7, 8, 6 };
Qisman initsializatsiyalangan massiv:
Misol: int[] k = new int[5] { 2, 3, 7 };
O‘lchami aniqlanmagan, lekin to‘liq initsializatsiyalangan massiv:
Misol: int[] k = new int[] { 2, 3, 7, 8, 6 };
Barcha elementlari 0 qiymatga ega massiv:
Misol:
int[] k = new int[5];
Massiv elementlarining yig’indisini topish dasturi:
Misol:
using System;
class Program
{
static void Main()
{
int sum = 0;
int[] a = new int[10];
for (int i = 0; i < a.Length; i++)
{
Console.Write($"a[{i}] = ");
a[i] = int.Parse(Console.ReadLine());
sum += a[i];
}
Console.WriteLine("Massivning yig’indisi = {sum}");
}
Dostları ilə paylaş: |