Kurs ishining dolzarbligi: C# tilida bir o‘lchamli massivlar bilan ishlash, dasturlash malakalarini oshirish va effektiv ma'lumotlar tuzilmalarini yaratish uchun asosiydir. Zamonaviy dasturlash sohasidagi talablar doirasida, bu ko‘nikmalar talabalar uchun zaruriy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining IT sohasidagi rivojlanish strategiyasiga ko‘ra, bir o‘lchamli massivlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi: Talabalarga C# dasturlash tilida bir o‘lchamli massivlar yordamida turli amallarni bajarish ko‘nikmalarini o‘rgatish va bu bilimlarni amaliy dasturlash muammolarini hal qilishda qo‘llashdir.
Kurs ishining obyekti: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida dasturlash asoslarini o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: C# dasturlash tilida bir o‘lchamli massivlar yordamida amalga oshiriladigan ishlar va usullar.
Kurs ishining vazifalari:Massivlar va Array sinfining C# dasturlash tilidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma'lumotlarni yig’ish, tadqiq etish va tahlil qilish.
C# tilida bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli massivlarni yaratish, ularga murojaat qilish va ular ustida turli amallarni bajarishni o‘rganish.
Massivlarni qayta o‘lchamlashtirish, ularning elementlarini saralash, aks ettirish va qidirish kabi operatsiyalarni Array sinfi yordamida amalga oshirish usullarini o‘rganish va bu bilimlarni mustaqil dasturlash vazifalarini yechishda qo‘llash.
Bu dolzarbligi, maqsad, obyekti, predmeti, va vazifalari bilan kurs ishi, talabalar uchun nafaqat dasturlash asoslarini mustahkamlash, balki C# tilida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qimmatli manba bo‘ladi. Bu esa kelajakda ularning IT sohasidagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
I BOB. BIR O‘LCHAMLI MASSIVLAR VA ULAR BILAN ISHLASH 1.1-§. Massiv va bir o‘lchovli massivlar haqida. C# dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to‘g’ri keladi. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo‘lishi kerak. C# dasturlash tilida bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash tillarida ro‘yxat yoki jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so‘zining ma’nosi o‘lcham, o‘lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo‘lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
Endi dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Statik massivlar elementlar soni oldindan ma’lum bo‘lgan va initsializatsiyalangan (qiymat belgilangan) massivlar hisoblanadi. Dinamik ma’lumot tiplari dastur davomida o‘z hajmini, egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Dinamik massivlar esa elementlari soni oldindan ma’lum bo‘lishi va uni initsializatsiyalash (qiymat belgilash) shart emas. Statik massivlarning kamchiliki shundaki, agar ularning o‘lchamini oldindan juda katta olinsa-yu, uning ko‘p qismi keraksiz qolib ketsa, u holda xotira behuda sarflanishiga olib keladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida massivlar C# tilida asosan dinamik tarzda e’lon qilinadi. Massivlar dasturlashda eng ko‘p qo‘laniladigan ma’lumot tiplaridir. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o‘zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish uchun massiv nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksini yoziladi.