Amaliy matematika fakulteti


 Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida



Yüklə 77,36 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü77,36 Kb.
#196754
1   2   3   4   5   6   7   8
Algoritm tushunchasi mustaqil ishi

3Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.
4Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson. Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.


Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:

Nоmi

Bеlgilаnishi

Bаjаrаdigаn vаzifаsi

Jаrаyon



Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi nаtijаsidа mа’lumоtlаrning uzgаrishi

Qаrоr



Birоr shаrtgа bоglik rаvishdа аlgоritmning bаjаrilish yunаlishini tаnlаsh

Shаkl
o’zgаrtirish



Dаsturni uzgаrtiruvchi buyruk yoki buyruklаr turkumini uzgаrtirish аmаlini bаjаrish

Аvvаl аniqlаngаn
jаrаyon



Оldindаn ishlаb chikilgаn dаstur yoki аlgоritmdаn fоydаlаnish

Kiritish
Chiqаrish



Ахbоrоtlаrni kаytа ishlаsh mumkin bo’lgаn shаklgа utkаzish yoki оlingаn nаtijаni tаsvirlаsh

Displеy



EХMgа ulаngаn displеydаn ахbоrоtlаrni kiritish yoki chiqаrish

Хujjаt



Ахbоrоtlаrni kоgоzgа chiqаrish yoki kоgоzdаn kiritish

Ахbоrоtlаr оqimi chizig’i



Blоklаr оrаsidаgi bоglаnishlаrni tаsvirlаsh

Bоg’lаgich



Uzilib qоlgаn ахbоrоt оqimlаrini ulаsh bеlgisi

Bоshlаsh
Tugаtish



Ахbоrоtni qаytа ishlаshni bоshlаsh, vаqtinchа yoki butunlаy to’хtаtish

Izох



Blоklаrgа tеgishli turli хildаgi tushuntirishlаr

Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.
Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi.
Misol sifatida ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.


Yüklə 77,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin